' Juvozxona mahallasida birinchilardan boʻlib mening xonadonimga quysh panellari oʻrnatildi. 25 million soʻmlik kredit evaziga oʻrnatilgan mazkur panellarning qulayligini birdan sezdim, ' deydi Payariq tumanidagi 14-maktab direktori Gʻulom Eshatov. ' Mahallamizda yaqinda elektr energiyasida uzilish boʻldi. Aynan quyosh paneli sabab xonadonimda chiroq oʻchmadi. Istaganda televizor tomosha qilamiz. Maishiy texnikalarni ishlatamiz.
Quyoshli kunlar koʻp yurtimizda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish juda samarali. Bugungi kunda tejamkor qurilmalardan foydalanib, uyini elektr bilan taʼminlashdan tashqari choʻntagiga daromad ham keltirayotganlar koʻp.
Past Dargʻom tumani Nayman mahallasida yashovchi Alisher Hamroyev oʻz xonadoniga quyosh batareyalari oʻrnatib daromad olayotganlardan biri. U ikki yildan buyon 15 KValik quyosh panellari orqali muzlatkich, 2 ta konditsioner, televizor, oʻnga yaqin tejamkor chiroqlardan foydalanib keladi.
' Uydan tashqari ustaxonamda ham turli qurilmalar ishlataman, ' deydi usta A.Hamroyev. ' Shu paytgacha elektr energiyasi uchun koʻp mablagʻ sarflardim. Hisoblagichimda puli tugab qolsa, asabim buzilardi. Quyosh panellari oʻrnatganimda ayrim tanishlarim 'uning foydasi yoʻq, muzlatkich va konditsionerni yoqishga kuchi yetmay tez ishdan chiqadi', deyishdi. Shunday boʻlsada, 28 dona panelni batareyasi bilan keltirib oʻrnatdik. Betoʻxtov ishlab turibdi. Ehtiyojdan ortgan elektr quvvatini sotib, daromad ham qilyapman.
Yaqinda Alisher Hamroyev uyiga quyosh nurlari bilan isitiladigan geliokollektor ham oʻrnatdi. Bu issiq suv muammosini hal etdi.
Elektr energiyasi va tabiiy gazga boʻlgan talab yildan-yilga ortib borayotgan bugungi kunda tabiiy energiya manbalarini saqlab qolish, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish barcha uchun qulay.
Oʻzbekistondagi eng katta soliq toʻlovchi tashkilot qaysi?
2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda 949 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan 91,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu soliq tushumlarining katta qismi davlat ulushi mavjud va xususiy sektordagi yetakchi korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portal xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, davlat ulushiga ega korxonalar orasida 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ 21,7 trillion soʻm soliq toʻlovi bilan birinchi oʻrinda turadi. Ikkinchi oʻrinni '
Dollar va Yevroda inqiroz davom etadi, rublda esa kichik oʻsish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-noyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,43 soʻmga tushdi va 12 793,38 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 81,51 soʻmga tushib, 13 595,52 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,09 soʻmga koʻtarilib, 130,73 soʻmni tashkil qildi.
TANQIDIY RUHDA O‘TDI
Viloyat IIBda “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tanqidiy ruhdagi yig‘ilishda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'sul xodimi, podpolkovnik G‘.Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik O.Hasanov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Haydarovlar qatnashib, ishtirokchilarga mavzu doiras
Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,90 soʻmga tushdi va 12 800,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 145,35 soʻmga tushib, 13 467,02 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,13soʻmga pastlab, 129,02 soʻmni tashkil qildi.