calendar 11 Apr 13:57
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solmoqda

image

Sun’iy intellekt odamzodning yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gladstone AI tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha hisobotda so‘z boradi. 

Qayd etilishicha, 2022 yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotda hukumat amaldorlari, ekspertlar va OpenAI, Google DeepMind, Anthropic va Meta kabi  yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyalari xodimlari bilan 200 dan ortiq tajribalar o‘tkazilgan. Tadqiqot sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni ochib bergan.

“AI xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” deb nomlangan hisobot 247 sahifadan iborat bo‘lib, 250 000 AQSH dollari qiymatga ega.

U sun’iy ong bo‘yicha xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, sun’iy intellekt bo‘yicha Federal agentlikni tashkil etish, kuchli sun’iy intellekt modellari tafsilotlarini ommaga oshkor qilishni taqiqlash, sun’iy intellekt chiplari ishlab chiqarish ustidan nazoratni kuchaytirish va sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirish kabi yechimlarni taklif qiladi.

“Eng yomoni sun’iy intellekt insoniyatga yo‘q bo‘lib ketish darajasida xavf tug‘dirishi mumkin. Uning hozirgi rivojlanishi milliy xavfsizlikka shoshilinch va ortib borayotgan tahdidlarni keltirib chiqaradi. Ilg‘or sun’iy intellekt va umumiy sun’iy ongning rivojlanishi, xuddi o‘z vaqtida yadro qurolining paydo bo‘lishi kabi global xavfsizlikni beqarorlashtirish potensialiga ega”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, tadqiqotchilar sun’iy intellekt bilan bog‘liq milliy xavfsizlik tahdidlarining oldini olish uchun AQSH hukumati tomonidan tezkor va qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.

 

Ulkanbayeva Rayhona


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:31
 
24
0
qalampir.uz

WhatsApp, Instagram va Facebook'da global uzilish yuz berdi

Meta platformalari – WhatsApp, Instagram va Facebook foydalanuvchilari butun dunyo bo‘ylab messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda uzilishlarga duch kelishdi. Bu haqda Downdetector xizmati ma’lum qildi. Ushbu nosozlik butun dunyo bo‘ylab tarmoqqa kirishni nazorat qiluvchi NetBlocks tashkiloti tomonidan tasdiqlandi. WhatsApp ustidan shikoyat qilgan foydalanuvchilarning aksariyati dasturni ocha olmaganini ma’lum qilgan. Messenjerning veb-versiyasiga kirish va xa

10 May 13:31
 
30
0
qalampir.uz

O‘zbekiston mobil internet narxlari reytingida nechanchi o‘rinda turadi?

Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda ushbu indeks saytida ma’lum qilindi. Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan. MDH davlatlaridan mobil

11 Apr 13:57
 
43
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt odam bo‘lmaydi – Bill Geyts

Milliarder, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning fikricha, sun’iy intellekt inson bajara oladigan barcha vazifalarni bajara olmaydi. Bu haqda u Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘zaro suhbatida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 29 mart kuni Bosh vazir Narendra Modi va Bill Geyts uchrashgan. Suhbat bir qator mavzularni, jumladan, sun’iy intellektning kelajagi, raqamli jamoat infratuzilmasining ahamiyati va Hindistondagi emlash dasturlarini

11 Apr 13:57
 
40
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko