calendar 11 Apr 13:56
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 14 kishi hibsga olindi

image

Turkiyada ISHID terrorchilik guruhi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan 14 kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.

“Bosh prokuratura, Xavfsizlik Bosh boshqarmasi va Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan kelishilgan holda to‘rt viloyatda – Eskishehir, Gaziantep, Samsun va Yalovada ISHID bilan hamkorlikda gumon qilingan shaxslarga qarshi politsiya reydlari o‘tkazildi”, deb yozdi vazir X'dagi sahifasida.

Unga ko‘ra, Eskishehirda besh kishi, Yalovada olti kishi, Gaziantepda ikki kishi qo‘lga olingan, bir nafar gumondor esa Samsunda qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, Turkiya huquq-tartibot idoralari xodimlari ISHID va uning mamlakatdagi yacheykalari tarafdorlari va yetakchilarini aniqlash ustida doimiy ish olib bormoqda. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida respublikada ushbu terrorchilik tashkilotining 3 mingga yaqin tarafdorlari qo‘lga olingan. Ulardan ba’zilari hibsga olindi, ko‘plari ekstraditsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya shimoli-g‘arbidagi Sakarya viloyatida 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlar oldidan teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 33 kishi ushlangandi. Keyinchalik Turkiya maxsus xizmatlari ISHID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlangan 51 kishini qo‘lga oldi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olinganini ma’lum qildi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 10:05
 
75
0
xs.uz

U mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident boʻlib qoladi – Donald Tramp Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirdi

AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning 2024-yilgi prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi qaroriga oʻz munosabatini bildiridi. Tramp Baydenni qattiq tanqid qilib, 'Bayden mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident sifatida qoladi' deb yozdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri CNNʻga tayanib xabar berdi.Tramp oʻzining 'Truth Social' sahifasida ham oʻz qarashlarini davom ettirib, Baydenni prezidentlikka nomzod boʻlishga ham yaramasligini bildirgan. Uning fikricha, demokratlar v

22 Jul 09:35
 
64
0
qalampir.uz

Harris kampaniyasi 5 soat ichida 27,5 mln dollar xayriya yig‘di

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Amerika yetakchisi Jo Bayden saylovoldi poygasini tark etganidan keyin besh soat ichida 27,5 million dollar xayriya yig‘di. Bu haqda demokratlar uchun mablag‘ yig‘uvchi ActBlue platformasi bayonotida aytiladi. ActBlue’ning X sahifasidagi postga ko‘ra, besh soat ichida Harrisning kampaniyasiga kichik xayriyalar 27,5 million dollarni tashkil etgan. “Politico”ning yozishicha, Baydenning saylovoldi ka

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari