calendar 07 Mar 20:10
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Barselona” murabbiyligi uchun favorit o‘zgardi

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yozda murabbiylikka Luis Enrikeni taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Cadena SER” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi sport direktori Deku Enrikeni Xavi o‘rniga yaxshi nomzod sifatida ko‘rmoqda, biroq, “Barselona”ning moliyaviy muammolari va ispaniyalik mutaxassisning 2025 yilning yoziga qadar PSJ bilan shartnomasi amalda bo‘lganligi sababli uni Kataloniyaga olib kelish juda qiyin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Kilian Mbappening ketishi munosabati bilan PSJdagi muhit buzilgan, so‘nggi o‘yinlarda forvardning erta zaxiraga olinayotgani haqidagi tanqidlar, shuningdek, rahbariyat bilan bir qator kelishmovchiliklar bosh murabbiy bilan shartnomani muddatidan oldin tugatishga olib kelishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Enrike oxirgi o‘yinlarda Mbappe nega zaxiraga olinayotganiga izoh bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 18:58
 
19
0
qalampir.uz

Mbappe kuchli futbolchi, lekin “Real”da Vinisius bor – Tebas

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tganini tasdiqladi. Bu haqda Tebas “Ole” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Mbappe keyingi yil, kelasi mavsum Madridda bo‘ladi, ha. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, lekin “Real”da Vinisius va Bellingem bor, Madridda super jamoa vujudga keladi. Mbappening “Real”ga kelishi bu klubga chempionatda g‘oli

14 May 14:34
 
9
0
qalampir.uz

UFC'dan ketgan Murodov, 30 ming dollar “soqqa qilgan” olimpiyachilar – Sport dayjesti

Bugun UFC’dan ketgan Mahmud Murodov, Olimpidaga chiqib 30 ming dollar ishlab olgan futbolchilar va to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etishi ehtimoli oshgan Eldor Shomurodov haqida gaplashamiz. Assalomu alaykum. QALAMPIR.UZ’da sport dayjesti biz boshladik. Futzal: O‘zbekiston FIFA reytingida 11-o‘rinni egalladi Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) futzal terma jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Yangi jadvalda O‘zbekiston milliy ter

14 May 14:34
 
2
0
qalampir.uz

Fyurining otasi raqib jamoa a’zosiga “kalla qo‘ygani” uchun uzr so‘radi

Avvalroq, Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Saudiya Arabistonida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik jamoasi a’zolari bilan mushtlashgani xabar qilingandi. Biroz vaqt o‘tgach Jon Fyuri Usik jamoasi a’zolari bilan mushtlashgani uchun uzr so‘radi. Fyuri Saudiya Arabistoni Ukraina vakillariga baqirib, so‘ng ulardan biriga bosh bilan zarba berdi, shundan so‘ng tomonlarni ajratishga to‘g‘ri keldi. “Hammadan chin dildan uzr so‘raym

11 Apr 13:58
 
42
0
qalampir.uz

YeCHL klublarning chempionlik imkoniyatlari yangilandi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) g‘olibligiga asosiy da’vogar. Bu haqda statistikalar bilan shug‘ullanuvchi “Opta” portali xabar berdi. Portal Gvardiola shogirdlarini musobaqa asosiy favoriti hisoblab, g‘alaba qozonish ehtimolini 28,3 foizga baholadi. Chorak finaldagi “Man Siti”ning raqibi “Real” esa turnirni yutish uchun ikkinchi da’vogar sifatida qayd etilmoqda. Foiz ko‘rsatkichida madridl