calendar 07 Mar 20:08
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Facebook va Instagram’dagi uzilishlar qanchaga tushgani ochiqlandi

image

Meta kompaniyasi Facebook va Instagram’dagi uzilishlar tufayli qariyb 100 mln AQSH dollari yo‘qotdi. Bu haqda "DailyMail" nashri xabar berdi.

Weldbush Securities direktori Den Ayvzning ma’lum qilishicha, amerikalik milliarder Mark Sukerberg kompaniyasining aksiyalari qiymati 1,6 foizga tushib ketgan.

Kompaniya o‘z daromadining katta qismini reklamalar orqali oladi va yuzaga kelgan texnik muammolar ularning davomiyligiga ham ta’sir qilmasdan qolmagan. Shunga qaramay, kompaniya Facebook va Instagram’dagi uzilishlar kompaniyaning moliyaviy ahvoliga qay darajada zarar keltirishini ochiqlamagan. Mutaxassisning bildirishicha, o‘tgan yili 134 mlrd AQSH dollari miqdorida foyda ko‘rgan kompaniya uchun bu arzimagan yo‘qotish bo‘lishi mumkin.

Ba’zilar voqeaning AQSHdagi  praymerizlar o‘tkazilgan "Super seshanba"ga to‘g‘ri kelganidan taajjublanib, buni qandaydir kiberhujumga ham bog‘lashdi. Kompaniya esa uzilishlarni texnik nosozlik yuzaga kelgani bilan izohladi hamda nashr manbasining bildirishicha, o‘sha paytda kompaniya ichki tizimlari ham bir muddat ishlamay qolgan.   

"Kiberhujum bo‘lishi ehtimoldan  yiroq bo‘lsa-da, lekin ushbu taxminlarni ham to‘liq inkor etib bo‘lmaydi. Bu birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q va oxirgisi ham emas", deydi "TheRevOps" muharriri Kerri Lisenbigler.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 mart kuni Meta kompaniyasiga tegishli Facebook, Messenger va Instagram tarmoqlarida butun dunyo bo‘ylab uzilishlar sodir bo‘lgani, yarim milliondan ortiq foydalanuvchi ijtimoiy media ilovalariga kira olmagani haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 May 10:58
 
12
0
qalampir.uz

Endi Ukrainada ham mahbuslar urushga safarbar qilinadi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 17 may kuni mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oliy Rada saytida ma’lum qilindi. Hujjatga ko‘ra, Ukrainadagi ayrim toifadagi sudlanganlar va mahkumlar harbiy holat davriga shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda armiya safiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ular shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘ladi, ammo hamma ham armiyaga safarbar qilinmaydi. Bunday qaror sud tomonidan qabul qilina

14 May 14:33
 
28
0
qalampir.uz

Kiyevda teraktlar tayyorlashda gumonlangan rossiyalik agentlar qo‘lga olindi

Ukraina poytaxtida qator teraktlar tayyorlashda gumon qilingan “Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi agentlari” Kiyevda qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar qurilish gipermarketlari va kafelardan birining yoniga portlovchi moslamalarni joylashtirgan. Razvedka xizmatining ta’kidlashicha, portlashlar 2024 yil 9 may kuni sodir bo‘lishi kerak edi. Portlovchi moslamalar choy qadoqlari sifatida yashirilgan. Ukrai

10 May 18:56
 
30
0
qalampir.uz

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, 7 may kuni Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tgan. Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Amartu

17 May 13:52
 
17
0
qalampir.uz

Urush boshidan beri rossiyaliklar Ukrainada 500 ga yaqin kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi

2022 yil fevralidan beri Ukrainaning bosib olingan hududlarida 892 ta qishloq xo‘jaligi kompaniyasi ro‘yxatga olingan. Ularning yarmidan ko‘pi Rossiya hududlaridan kelgan tadbirkorlar tomonidan ochilgan. Bu haqda “Vajniye istorii” xabar berdi. “Bosib olingan hududlarga kelgan rossiyaliklar Ukraina donini eksport qilish uchun kompaniyalar ochmoqda”, deb yozadi nashr. Kompaniyalarning orasida kamida bittasi chechenistonlik 43 yoshli Elbek Zaiyevga tegishli e