calendar 09 Feb 14:03
eye 50
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish elektron shaklga oʻtkazildi

image
Hozirga kelib, bu jarayonlar toʻliq yakunlanib, 2024-yil 1-yanvardan respublikaning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish belgilandi.

Kasallik varaqalarini shakllantirishda 2 ta rol belgilangan:

Yaratuvchi (mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuritishga masʼul tibbiy xodimlar: IT-operator hamshira, bosh hamshira yoki boshqa tibbiy xodim);

Tasdiqlovchi (bosh shifokor, uning oʻrinbosari, mudir).

Shuningdek, hozirda respublika tashkilotlari, xususiy klinikalar, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida boʻlmagan boshqa vazirlik va idoralar tibbiy qismlarining rasmiy murojaati boʻyicha ularga tasdiqlash rollari berilyapti.

Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining 'Ijtimoiy himoya yagona reyestri' (my.gov.uz) axborot tizimi hamda 'UZASBO' dasturiy taʼminotiga elektron shaklda yuboriladi.

Xususiy tashkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini olish uchun Mehnat.uz axborot tizimi hamda 'UZASBO' dasturiy taʼminotiga integratsiya qilingan boʻlishi lozim.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:00
 
37
0
xs.uz

2024-yilning dastlabki 3 oyida “Tez yordam”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Biroq baʼzan tibbiy brigada yordamga muhtoj bemorlar oldiga oʻz vaqtida yetib bora olmagan holatlar kuzatiladi. Bunga esa koʻpincha fuqarolar tomonidan boʻladigan yolgʻon chaqiriqlar sabab boʻladi.' 2024-yilning dastlabki 3 oyida '103' xizmatiga jami 686 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushdi, ' deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. ' Taqqoslash uchun aytsak, mazkur koʻrsatkich 2023-yilning ayni shu davrida 893 tani tashkil etgan.Toʻgʻri, yildan yilga bu k

10 May 13:32
 
41
0
qalampir.uz

Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi (video)

Bugun, 8 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi mebel korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, soat 11:25 da tumanning Muxtor Ashrafiy ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 5 daqiqa ichida aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari hozir ham davom etmoqda. Ma’lum

11 May 10:38
 
37
0
qalampir.uz

“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Avvalroq, A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagani xabar qilingandi. Endilikda yo‘l qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.  FVV hamda tegishli tashkilotlarning kuch vositalari yordamida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida yo‘lning "Toshkent-

14 May 22:19
 
23
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda 22 nafar mas’ul ishdan olindi

Kecha, 13 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov 22 nafar mas’ulni lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, yig‘ilishda viloyatda Sayxunobod, Uychi va Zarbdor tajribalarini joriy qilish, bandlikni ta’minlash, aholini biznesga jalb etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish