calendar 07 Feb 11:19
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Abdulla Aripov qozog‘istonlik yangi mavqedoshini qutladi

image

Bugun, 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasining yangi Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumatning rasmiy veb-saytida tegishli bayonot e’lon qilindi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tasdiqlagani munosabati bilan samimiy tabriklagan.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirilgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri qozog‘istonlik mavqedoshini ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi ham yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 fevral kuni Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqqan edi. 2022 yilning yanvaridan beri Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan Alixon Smailov hukumat iste’foga chiqqanidan so‘ng Qozog‘iston xalqiga murojaat qilib, o‘z faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Uning o‘rnini esa “Amanat” partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Oljas Bektenov egalladi. Bektenov Prezident Administratsiyasi rahbari edi. U Bosh vazir bo‘lgach, uning o‘rnini Oybek Dadeboyev egalladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
32
0
xs.uz

Ukraina TIV Yevropani boʻshashmaslikka chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi siyosatchilariga AQSH Kongressi Vakillar palatasining Kiyevga yordam ajratish toʻgʻrisidagi qarori tufayli boʻshashmaslik kerakligini aytdi.Shu yilning 20-aprel kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi koʻpchilik ovoz bilan Ukrainaga salkam 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.'Biz hammamiz AQSH Kongressi Vakillar palatasining qarorini olqishlaymizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Lekin

10 May 13:30
 
20
0
qalampir.uz

Rafah operatsiyasi Isroilni HAMASni mag‘lub etishga yaqinlashtirmaydi – Oq uy

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Rafahdagi keng ko‘lamli operatsiyasi bilan G‘azo sektoridagi HAMASni yo‘q qilish maqsadiga erisha olmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda kecha, 9 may kuni e’lon qilingan Oq uy bayonotida so‘z boradi. "Uning (Prezident Bayden) fikricha, Rafahni mag‘lub etish bilan bu maqsadga erishib bo‘lmaydi", degan Oq uyning milliy xavfsizlik aloqalari koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda. Kirbining qayd etishicha, H

11 Apr 13:56
 
34
0
qalampir.uz

Fransiya Armanistonga boshqalar sotib ololmaydigan harbiy texnikalarni bermoqchi

Rasmiy Parij Yerevanga boshqalar ololmaydigan harbiy texnikani beradi. Bu haqda Fransiyaning Armanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olive Dekotini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.  “Fransiyada hamma davlatlar xohlaydigan harbiy texnika bor. Fransiya esa ularni faqat Armanistonga yetkazib beradi”, degan Dekotini “Politico” nashrining “Fransiya uchuvchisiz harbiy radarlarga ega” nomli maqolasini ilova qilgancha. Ma’lum

11 Apr 13:57
 
49
0
qalampir.uz

Lukashenkoning tanqidchisi tergov hibsxonasida vafot etdi

Joriy yilning 9 aprel kuni zaxiradagi podpolkovnik, siyosiy mahbus va tadbirkor Aleksandr Kulinich Belarusning Brest shahridagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi. Belarus Oliy sudi veb saytida yozilishicha, Kulinich 16 aprelda Jinoyat kodeksining 368-moddasi 1-qismi ("Belarus Respublikasi Prezidentini haqorat qilish") bo‘yicha sudga tortilishi kerak edi. Mahbus sud jarayoniga 1 hafta, 52 yoshga to‘lishiga esa 2 kun qolganida yurak ishemik