calendar 01 Feb 18:53
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentga kelgan Eron rasmiysi dunyodagi beqarorlikda AQSHni aybladi

image

Qo‘shma Shtatlarning terrorizmni yaxshi va yomonga ajratishi dunyodagi beqarorlik sababidir. Bu haqda Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev bilan uchrashuvda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kani ma’lum qildi. 

“Amerikaning terrorizmni yaxshi va yomonga ajratishi dunyodagi beqarorlikning sababidir. AQSHning bir tomonlama yondashuvi dunyoda tinchlik o‘rnatishga qodir bo‘lmasa-da, SHHT terrorizmga qarshi kurashda o‘zining munosibligini isbotladi”, deb yozgan “Fars” agentligi. 

31 yanvar kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston poytaxtida SHHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. 

SHHT 2001 yilda tashkil topgan. Unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo, Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 2023 yilning iyul oyida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘ldi, Belarus esa tashkilotga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. 

SHHT MATT shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 17:50
 
20
0
qalampir.uz

Kiyevga Berlin raketa uchirgichlar, Parij esa muddati o‘tgan raketalar beradi 

Fransiya Ukrainaga muddati o‘tgan uzoq masofali Scalp raketalarini, Germaniya esa 3 ta HIMARS raketa uchirgichlarini yetkazib beradi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. Fransiya Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qilishda yordam berishning yangi usulini o‘ylab topdi. Chrysalis dasturining bir qismi sifatida Ukrainaga muddati o‘tgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan komponentlardan yig‘ilgan uzoq masofali Scalp raketalarini topshirish rejalashtirilgan.  &ldq

12 May 16:15
 
27
0
qalampir.uz

Litvada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Litvada bugun, 12 may kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. 2,5 millionga yaqin saylovchi kelasi besh yil ichida Litvada oliy davlat lavozimini kim egallashini hal qiladi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi. So‘rovlar Litvani 2019 yildan beri boshqarib kelayotgan 59 yoshli professional iqtisodchi Gitanas Nauseda aniq favorit ekanligini ko‘rsatmoqda. Unga qarshi yana yetti nafar nomzod raqobatlashmoqda. Saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan soat 22:00da yopilad

10 May 13:43
 
34
0
qalampir.uz

Ukrainada yer ostida joylashgan maxfiy qurol zavodlari qurilgan – “El Mundo”

Ukrainada yashirin qurol zavodlari tarmog‘i qurilgan, ularning ba’zilari yer ostida joylashgan. Bu haqda Ispaniyaning “El Mundo” nashri Ukraina qurol sanoatidagi manbaga tayanib xabar berdi. Nashrning qayd etishicha, ushbu zavodlarning joylashuvi o‘ta sirli. “El Mundo” suhbatdoshiga ko‘ra, hozir Ukrainani eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa bu zavodlarning Rossiya qo‘shinlaridan qanchalik yashirinligidir. “Biz ishchilar orasidan bir qanch

15 May 08:49
 
7
0
qalampir.uz

Turkmanistonliklarga O‘zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

Turkman chegarachilari qo‘shni respublika orqali Rossiyaga ketmoqchi bo‘layotgan turkmanistonliklarni O‘zbekistonga o‘tkazmayapti. Chegardan o‘tkazish rad etilgani sabablari tushuntirilmagan, deb yozadi "Turkmen.news" nashri. Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan "Toshhovuz" nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar yurtdoshlarining ketish maqsadi va Rossiyaga vizasi bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida batafsil so‘roq qilishmoqda. Mas