calendar 05 Dec 02:20
eye 32
comments 0
comments Manba: zamin

AKT vaziri Qozog'iston kompaniyalariga taklif bilan chiqdi

image
AKT vaziri Sherzod Shermatov Qozog'iston IT-kompaniyalariga O'zbekistondagi mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanadigan loyihalarga sarmoya kiritishni taklif qildi.

Bu haqda u bugun, 4 dekabr kuni O'zbekiston va Qozog'iston ishbilarmonlar doiralari ishtirokida Nur-Sulton shahrida o'tkazilgan Ishbilarmonlar kengashi va Biznes-forumining kengaytirilgan yig'ilishidagi nutqida maʻlum qilgan.

Sherzod Shermatov o'z maʻruzasida O'zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «Raqamli O'zbekiston – 2030» Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, bugungi kunga kelib 300 dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligini, joriy yil so'ngiga qadar yana 189 loyiha amaliyotga tatbiq qilinishini, 2022 yil oxirigacha esa 53 ta loyiha ishga tushirilishini qayd etdi.

AKT vaziri, shuningdek, quyidagi masalalarga alohida eʻtibor qaratib, ular doirasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilayotgan natijalarga to'xtalib o'tdi:
- aholi punktlarida tezkor va qulay internet xizmatlarini taqdim qilish;
- «Elektron hukumat» qamrovini yanada kengaytirish;
- malakali IT-kadrlarni tayyorlash;
- IT-industriya va raqamli tadbirkorlikni yanada rivojlantirish.

AKT vaziri Qozog'istonda ham «Raqamli Qozog'iston» dasturi amalga oshirilayotganligiga alohida eʻtibor qaratib, yuqorida taʻkidlangan yo'nalishlardagi ustuvor maqsadlarga erishish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda qozog'istonlik hamkasblar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini, bu borada O'zbekiston va Qozog'iston hamkorlikdagi IT-loyihalarni amalga oshirish maqsad qilinganligini taʻkidladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:31
 
24
0
qalampir.uz

WhatsApp, Instagram va Facebook'da global uzilish yuz berdi

Meta platformalari – WhatsApp, Instagram va Facebook foydalanuvchilari butun dunyo bo‘ylab messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda uzilishlarga duch kelishdi. Bu haqda Downdetector xizmati ma’lum qildi. Ushbu nosozlik butun dunyo bo‘ylab tarmoqqa kirishni nazorat qiluvchi NetBlocks tashkiloti tomonidan tasdiqlandi. WhatsApp ustidan shikoyat qilgan foydalanuvchilarning aksariyati dasturni ocha olmaganini ma’lum qilgan. Messenjerning veb-versiyasiga kirish va xa

10 May 13:31
 
30
0
qalampir.uz

O‘zbekiston mobil internet narxlari reytingida nechanchi o‘rinda turadi?

Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda ushbu indeks saytida ma’lum qilindi. Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan. MDH davlatlaridan mobil

11 Apr 13:57
 
43
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt odam bo‘lmaydi – Bill Geyts

Milliarder, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning fikricha, sun’iy intellekt inson bajara oladigan barcha vazifalarni bajara olmaydi. Bu haqda u Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘zaro suhbatida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 29 mart kuni Bosh vazir Narendra Modi va Bill Geyts uchrashgan. Suhbat bir qator mavzularni, jumladan, sun’iy intellektning kelajagi, raqamli jamoat infratuzilmasining ahamiyati va Hindistondagi emlash dasturlarini

11 Apr 13:57
 
40
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko