calendar 29 Jan 18:20
eye 19
comments 0
comments Manba: xs

Yaponiya banklari “Oʻzbektelekom”ga qariyb 150 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy koʻmak beradi

image

Foto: Illustrativ foto

Yaponiyaning ommabop “Nikkei Shimbun” gazetasida “Yaponiya banklari “Oʻzbektelekom” AKga moliyaviy koʻmak beradi” sarlavhali maqola eʼlon qildi.

“Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va “Mitsubishi UFJ” banki “Oʻzbektelekom” AKga qariyb 19,3 milliard iyen (150 million AQSH dollari) miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatadi, — deb yozadi gazeta. — Mablagʻlar Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun yapon uskunalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi. JBIC ikki davlat oʻrtasidagi hukumatlararo aloqalarni mustahkamlash va moliyalashtirish orqali Yaponiya mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashish niyatida”.

Maqolada aytilishicha, ushbu loyihaning operatori Yaponiyaning “Toyota sushyo” savdo kompaniyasi boʻlib, u orqali Yaponiyaning axborot-kommunikatsiya kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining uskunalari Oʻzbekistonga eksport qilinadi.

Qayd etilishicha, “Oʻzbektelekom” Oʻzbekistonda data-markaz yaratish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyalari uskunalar yetkazib berishdan tashqari texnik yordam ham koʻrsatadi.

“JBIC” Oʻzbekiston tomoniga umumiy moliyaviy resurslarning qariyb 60 foizini taqdim etadi. “Mitsubishi UFJ” banki tomonidan moliyalashtirilayotgan mablagʻlarning bir qismi xavflarni kamaytirish uchun “NEXI” davlat eksport-kredit agentligi tomonidan sugʻurta qilinadi”, deb yozgan “Nikkei Shimbun”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 02:05
 
37
0
xs.uz

Mahallasida birorta ishsiz qolmagan rais Qashqadaryoning “Eng namunali mahalla raisi” boʻldi

Jahongir Boymurodov/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyat musiqali-drama teatrida 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.Maʼlumki, mamlakatimizda bu yil ilk marotaba 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning Qashqadaryo viloyati bosqichida 16 nafar nomzod gʻoliblik uchun bellashdi. Bu bosqichda ishtirokchilar uchta shart ' amalga oshirilgan ishlar taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari boʻyicha savol-javoblar hamda muammoli vaziyatlarga yechim t

07 Mar 20:11
 
41
0
qalampir.uz

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushadi

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati – “Turon” va “Qipchoq” yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan ikkita yangi metro bekatlarida (“Turon” va “Qipchoq”) qurilish ishlari o‘z yakuniga yetkaz

14 Mar 07:22
 
30
0
xs.uz

Har bir maktabda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Maktablarda 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari mavjud edi.Endilikda har bir maktabda bittadan 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ' 2024-2025-oʻquv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda ' 2025-2026-oʻquv yilida 2 536 ta maktabda ha

11 Apr 13:59
 
19
0
qalampir.uz

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqina Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.  “Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor et