calendar 27 Jan 11:20
eye 9
comments 0
comments Manba: xs

Dunyoda yiliga 4 milliongacha kishi vaboni yuqtirmoqda — BMT

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayonotiga koʻra, dunyo boʻyicha yiliga 1,3 milliondan 4 milliongacha kishi vabo kasalligini yuqtirib, ulardan 143 ming nafari hayotdan koʻz yummoqda.

Bu boradagi epidemiologik vaziyat ayniqsa, Afrikada yomon. Xususan, Malavi davlatida oʻtgan yildan beri vabo qurbonlari soni 1000 nafarga yetdi. 30621 kishiga esa ushbu xavfli xastalik tashxisi qoʻyilgan.

JSST ekspertlarining tan olishicha, respublikada vabo epidemiyasi 20 yildan ortiq davom etmoqda. Biroq haligacha bunday antirekord koʻrsatkich qayd etilmagan edi.

Ayni paytda eng koʻp oʻlim holatlari mamlakatning ikki yirik shahri — Lilongve va Blantirda kuzatilmoqda. Shu tufayli taʼlim muassasalari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan, jamoat joylari, turarjoy mavzelari va savdo-sotiq majmualarida erkin harakatlanish cheklangan.

Qolaversa, oʻtgan yil noyabr oyida Malavi aholisi oʻrtasida ommaviy emlash kampaniyasini kuchaytirish uchun BMT tomonidan qariyb 3 million doza vaboga qarshi vaksinalar yetkazib berilgan va ular maqsadli ishlatilgan. Shunga qaramay, hozir mamlakatda kasallanishlar soni oʻsishda davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Feb 11:24
 
59
0
qalampir.uz

Istanbuldagi cherkovda otishma uyushtirganlar sushi oshpazlari bo‘lib chiqdi

Turkiyaning Istanbul shahridagi cherkovda sodir bo‘lgan otishma ortidan qo‘lga olinganlar soni 60 nafarga yetdi, ulardan 26 nafari deportatsiya qilindi, 34 nafari esa ehtiyot chorasini tanlash uchun sudning dastlabki majlisiga olib borildi. Bu haqda “Habertürk” telekanali ma’lum qildi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi hibsga olinganlarning 2 nafari Rossiya va Tojikiston fuqarolari ekanini ma’lum qilgan. Bugun, 1 fevral kuni ertalab sudga olib borilganlar orasida hujumni

07 Feb 10:04
 
51
0
qalampir.uz

Istanbuldagi otishma terakt bo‘lib chiqdi. Begunoh fuqaro halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Chag‘layan tumanidagi Adliya saroyi oldida sodir bo‘lgan otishmada 6 kishi jarohatlandi. Uch kishi, jumladan hujumni uyushtirishga uringan ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ma’lum qildi.  “Bugun soat 11:46 da Chag‘layandagi Istanbul sudi binosi yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirishga urinish bo‘ldi. Ikki hujumchi, bir ayol va bir erkak yo‘q qilindi. Aniqlanishicha, h

30 Jan 23:12
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston sayyohlik salohiyati Frankfurt-Mayn shahrida namoyish etildi

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Oʻzbekiston sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.'Dunyo' AA xabariga koʻra, tadbir mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi va Oʻzbekiston TIV huzuridagi diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi tomonidan 'SAMO Travel' va 'Nhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endma GmbH' sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.Taqdimotda Germaniyaning 20 dan ortiq yetakchi sayyohlik kompaniyalari, shuni

12 Feb 17:12
 
29
0
xs.uz

JSST: Dunyoda har yili 5 million kishiga epilepsiya tashxisi qoʻyilmoqda

Achinarlisi, keyingi davrda bunday bemorlar soni yiliga 5 million nafarga ortyapti. Ularning qariyb 80 foizi past va oʻrta daromadga ega mamlakatlar aholisidir. Yaʼni mazkur hududlarda har 100 000 kishidan 139 nafariga epilepsiya tashxisi qoʻyilmoqda.Hisobotda keltirilishicha, oʻsish dinamikasi Yer yuzida endemik kasalliklar xavfi ortishi, yoʻl-transport hodisalari va tugʻilish chogʻidagi jarohatlar koʻpayishi, qolaversa, tibbiy infratuzilma, profilaktika dasturlari hamda arzon va malaka