calendar 26 Jan 15:20
eye 16
comments 0
comments Manba: xs

Hindistonlik talabalar bosh vazir haqidagi filmni tomosha qilgani uchun hibsga olindi

image

Foto: Global Look Press

Hindistonlik talabalar BBC telekanalining bosh vazir Narendra Modi haqidagi hujjatli filmini tomosha qilgani uchun hibsga olingan. Bu haqda “Foreign Policy” xabar bermoqda.

Amerika nashriga koʻra, asosan musulmonlardan iborat hibsga olingan oʻnlab talabalar Javoharlal Neru universiteti hamda Nyu-Dehlidagi Milliy islom universitetida tahsil olgan. Qayd etilishicha, mahalliy hokimiyat organlari film namoyish etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shaharning taʼlim muassasalari joylashgan kvartallarida elektr energiyasini ataylab oʻchirib qoʻygan.

Hindiston rasmiylari tomonidan taqiqlangan «Hindiston: Modi savoli» nomli hujjatli filmda uning 2002-yilda musulmonlar va hindular oʻrtasidagi diniy toʻqnashuvlarni bostirishdagi ishtiroki haqida soʻz boradi. Oʻshanda Modi Gujarati shtati rahbari boʻlgan.

2002-yil fevral oyida hind jamoatchiligi musulmonlarni 58 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻlovchi poyezdini ataylab oʻt qoʻyishda ayblagan edi. Shundan soʻng, Gujarat shtati Ahmadobod shahridagi musulmonlar anklaviga qarshi harakatlar boshlangan. “Foreign Policy”ning qayd etishicha, Modi oʻshanda hinduizm tarafdori boʻlgan.

2020-yil fevral oyida 18 kishining hayotdan olib ketgan bir qator diniy toʻqnashuvlar sodir boʻlgan. Bir necha kun davom etgan qarama-qarshiliklarda hindular va musulmonlar bir-birini aybladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jan 12:39
 
43
0
qalampir.uz

G‘azodagi maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi G‘azo sektorida yuzlab falastinliklar boshpana olayotgan BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) maktabiga hujum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tanklari G‘azo shahri markazining Rimal hududidagi UNRWA maktabini o‘qqa tutgan. “Ash-Shifa” shifoxonasi vakillarining xabar berishicha, otishmalar oqibatida kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 15 ki

30 Jan 12:09
 
53
0
qalampir.uz

Fransiyada fermerlar poytaxtni traktorlar bilan to‘sib qo‘ydi (foto)

Fransuz fermerlari inflyatsiya, qishloq xo‘jaligi importining ko‘payishi va YeIning emissiya va o‘g‘itlardan foydalanishni qisqartirish rejalariga norozilik bildirish uchun Parij va boshqa shaharlardagi yo‘llarni traktorlar bilan to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda BBC xabar berdi. Ko‘pgina fermerlar Yevropa Ittifoqining Yashil bitimini amalga oshirib bo‘lmaydigan va qimmat deb hisoblashadi. Aksiya tashkilotchilari buni “Parij qamali” deb atashdi – aksiyada 1

07 Mar 20:08
 
25
0
qalampir.uz

Berlindagi ko‘chaga Navalniyning nomi berilishi mumkin 

45 mingdan ortiq kishi rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining Rossiya Bosh konsulligi va rossiyalik diplomatlarning turar-joy binolari joylashgan qismiga uning nomini berish haqidagi petitsiyani imzoladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. “Biz qonuniy talab qilinadigan besh yilni kutmasdan, hozir ko‘cha nomini o‘zgartirishga chaqiramiz. Aleksey Navalniyning beqiyos qurbonligini zudlik bilan e’tirof

31 Jan 11:57
 
37
0
qalampir.uz

Rossiyada 72 yoshli ayol ijtimoiy tarmoqdagi postlari ortidan 5,5 yilga qamaldi

Rossiyaning Rostov viloyatidagi Shaxti shahar sudi 72 yoshli pensioner Yevgeniya Mayborodani Rossiya armiyasi haqida “soxta xabarlar” tarqatganlikda aybdor, deb topdi va besh yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Tarmoq erkinliklari” inson huquqlari loyihasi xabar berdi. Mayboroda armiya haqida siyosiy nafrat (Rossiya Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 2-qismi “e” bandi) va ekstremistik faoliyatga chaqirish (280-modda 2-qismi) asosida “soxta x