calendar 25 Jan 17:51
eye 16
comments 0
comments Manba: zarnews

"Gazprom" bilan imzolangan hujjat mazmuni haqida jamoatchilikka maʻlumot berilishi kerak

image

"Yuksalish" umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov Energetika vazirligidan gaz masalasida Rossiya bilan imzolagan «Yo'l xaritasi» mazmuni haqida jamoatchilikka maʻlumot berilishini so'radi.

"O'zbekiston energetika vazirligi va "Gazprom" o'rtasida gaz sohasida o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ning imzolangani ijtimoiy tarmoqlar faollari va jamoatchilikda savollarni uyg'otdi.

Yaʻni, energetika tizimi mustaqilligiga tahdid deya qaralayotgan "Gaz ittifoqi" loyihasi tomon qadam sifatida talqin qilinmoqda.

Avvalo, Energetika vazirligi mazkur "Yo'l xaritasi"ning umumiy mazmuni haqida jamoatchilikka xabar berishi lozim deb hisoblaymiz. Kelgusida bunday hujjatlar haqidagi maʻlumotlar, avval vazirliklarimiz rasmiylari tomonidan eʻlon qilinishi kerak.

Shu bilan birgalikda, huquqiy jihatdan, "Yo'l xaritasi" tomonlarga hyech qanday majburiyat yuklaymaydi, huquqiy oqibat tug'dirmaydi. Tomonlarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hujjat turi hisoblanadi.

Qolaversa, 2022 yilning dekabr oyida energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov bu borada qatʻiy pozitsiyamizni eʻlon qilgan edi:

"...Biz gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki qo'shni davlatlardan import qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqdamiz".

Milliy manfaatlarimiz uchun bu eng to'g'ri pozitsiya ekanligini taʻkidlagan holda, Hukumatning energetik inqirozni bartaraf etish hamda kelgusida bunday xavflarni oldini olishga qaratilgan qo'shimcha diplomatik va amaliy harakatlarini qo'llab-quvvatlash lozimligini bildiramiz", deb yozgan Bobur Bekmurodov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
34
0
postda.uz

O‘G‘IL TANLAGAN YO‘L

Sherzodbek Ishanxanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahar IIB Navbatchilik qismi haydovchisi lavozimida boshlagan. Orada Andijon davlat universitetini sirtdan tamomla­gan. Undagi xizmat qilish istagi viloyat «Dinamo» JTSJda qo‘l jangi turi bilan shug‘ullanish asnosida paydo bo‘lgan.Podpolkovnik Sh. Ishanxanov o‘tgan yillar davomida Andijon shahar va viloyat IIBlarida turli lavozimlarda samarali xiz­mat qildi. 2023-yildan hozirga qadar viloyat IIB T

11 Apr 13:55
 
25
0
postda.uz

Саломатликни сақлаш йўлида

Касб фидойисиИлҳомжон Умаров Андижон давлат тиббиёт институтини тамомлаб, стажировкани ўтагандан сўнг Асака шаҳар шифохонасида жарроҳ бўлиб ишлай бошлади. Кейинчалик Россия Федерациясининг Курган шаҳридаги Травматология ва ортопедия илмий-тиббий тадқиқот марказида к

14 Mar 07:23
 
40
0
xs.uz

INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Traktor zavodi va UMPT oʻrtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 13-mart kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish, maktabgacha va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari, olimlar va oddiy aholi orasidan innovatorlarni kashf qilish, talabalar, universitet olimlari hamda zavod bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar h

11 Apr 13:55
 
33
0
postda.uz

Foydali o‘quv mashg‘uloti

Qashqadaryo viloyati IIBda o‘quv-amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari qatnashdi. Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va vazirlik Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘