calendar 25 Jan 12:52
eye 22
comments 0
comments Manba: zarnews

Samarqandlik ikki sportchi Osiyo chempioni bo'ldi

image

Tailandda 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Musobaqaning qizlar o'rtasida final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi.

Ularning 6 nafari g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Ikki bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo'lga kiritdi.

G'oliblar orasida samarqandlik sportchilar ham bor. Jumladan, 54 kilogramm vazn toifasida Nigina O'ktamova, 66 kilogramm vazn toifasida Navbahor Hamidova Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, 57 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan yana bir samarqandlik bokschi Sitora Turdibekova kumush medalga ega chiqdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
Kumush:
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova

Bronza:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova

Maʻlumot uchun, qizlar terma jamoamiz musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yo'l olgandi.
Yigitlar o'rtasida final bahslari ertaga, 26 yanvar kuni o'tkaziladi va unda 10 nafar bokschimiz finalda ringga ko'tariladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
45
0
qalampir.uz

Provokatsiya “qurboni” bo‘lgan Ronaldu yana qizil “ishlab oldi” (video)

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim final o‘yinida qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. “Al-Nasr”ning “Al-Hilol”ga qarshi bahsining 86-daqiqada bosh hakam Krishtianu Ronalduga qizil kartochka ko‘rsatdi. Portugaliyalik futbolchi sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun jazolandi. Epizod “Al-Hilol” futbolchisi Ali Al-Bulayhining aut chizig‘ida to‘pni tepishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng u darhol to

07 Mar 20:10
 
45
0
qalampir.uz

Doston Ro‘ziyev Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘ldi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazilmoqda. Bugun, 1 fevral kuni 19 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirokini boshladi. -60 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan O‘zbekiston vakili Doston Ro‘ziyev final bahsida jahon chempionati sovrindori, gruziyalik Georgiy Sardalashvilini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva

07 Mar 20:10
 
54
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi

07 Mar 20:07
 
47
0
postda.uz

G'OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Ma'lumki, inson salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirishda sportning o'rni muhim sanaladi. Ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishda ham ayni muddaodir.Shu boisdan, yaqinda Farg'ona viloyati IIB huzuridagi tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari hamda ekspert kriminalistika markazi va ushbu xizmatlarning quyi tizimlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o'rtasida mini futbol bo'yicha tashkil eti