calendar 04 Jan 18:21
eye 61
comments 0
comments Manba: xs

Shohimardonda kumush qish tarovati

image

Foto: «Халқ сўзи»

Fargʻona viloyatining anklav hududida joylashgan Shohimardon qishlogʻi yilning toʻrt faslida ham betakror va xushmanzara tabiati bilan sayyohlarni ohanrabodek oʻziga chorlaydi. Shu bois bu yerdagi tarixiy-meʼmoriy ziyoratgohlar, ekoturistik markazlar hamisha tashrif buyuruvchilar bilan gavjum boʻladi.

Foto: «Халқ сўзи»

Ayni kunlarda esa Shohimardonda qish tarovati hukmron. Viqorli qoya-toshlar saltanati, oq libosga burkangan bepoyon archazorlar, zarif qoʻshiqlar kuylab oqadigan tiniq soylar, sharqona hovlilardagi maroqli suhbatlar har qanday qishida bir umrga unutilmas xotiralar qoldiradi.

Foto: «Халқ сўзи»

— Shohimardon tabiati muzeyi, zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilgan Hazrat Ali ziyoratgohi, Yordon qishlogʻi, Dugoba togʻlari boʻylab qamrab olingan ekoturistik marshrutlar roʻyxati yildan-yilga kengayib borayotir, — deydi Shohimardon muzeyi xodimi Gulnoza Najmiddinova. — Shohimardonga mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etish borasidagi izchil saʼy-harakatlar tufayli bu yerga nafaqat yurtimiz boʻylab, balki qoʻshni respublikalardan ham sayyohlar oqimi tobora koʻpayib bormoqda.

Foto: «Халқ сўзи»
Foto: «Халқ сўзи»
Foto: «Халқ сўзи»
Foto: «Халқ сўзи»
Foto: «Халқ сўзи»
Foto: «Халқ сўзи»

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Feb 18:17
 
48
0
qalampir.uz

YeI sudi Alisher Usmonovning da’vosini rad etdi

Yevropa Ittifoqi (YeI) oliy sudi Alisher Usmonovning apellyatsiyasini rad etdi – u sanksiyalar ro‘yxatida qoladigan bo‘ldi. Bu haqda "Bloomberg" nashri xabar berdi.         Nashrning yozishicha, metallurgiya magnati Alisher Usmonovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan "hamtovoqligi" tufayli YeI sudi uning apellyatsiyasini rad etgan. Shuningdek, YeI tadbirkorning Ukraina bilan harbiy mojaroda Rossiya rasmiylarini qattiq qo‘llab-quvvatl

08 Feb 11:03
 
44
0
qalampir.uz

Japarov inson huquqlari reytingi ig‘vogarlar qo‘lida qolganini iddao qildi 

Bugun, 7 fevral kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida Qirg‘izistonning inson huquqlari va so‘z erkinligi bo‘yicha jahon reytingidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.  "Bu dunyo reytingini kim tuzadi? Aynan so‘z erkinligi ortida yashiringan ig‘vogarlar", degan u.  Shuningdek, Qirg‘iziston rahbari mamlakatda hamisha so‘z erkinligi va inson huquqlari mavjud bo‘lgani, bundan keyin ha

05 Feb 16:34
 
42
0
qalampir.uz

Ukrainadagi ko‘ngillilar halok bo‘lgani sababli Rossiya elchisi Parijga chaqiriladi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini mamlakatning Ukrainaga hujumi oqibatida ikki nafar fransuz ko‘ngillisi halok bo‘lganidan keyin hamda Parij Moskvadan dezinformatsiyaning ko‘payishi bilan bog‘liq holda chaqiradi. Bu haqda “Reuters” agentligi fransuz diplomatik manbasiga tayanib, xabar berdi.  Agentlikka ko‘ra, joriy yilning 1 fevral kuni Ukraina janubidagi Xerson viloyatida Rossiyaning dron hujumi oqibatida ikki nafar fransuz ko‘ngillisi halok bo

08 Mar 15:09
 
22
0
qalampir.uz

Ukraina va Xitoy vakillari Zelenskiyning “tinchlik formulasi”ni muhokama qildi

Kiyevda Xitoy hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy boshchiligidagi delegatsiya bilan Ukraina Prezidenti va hukumati devonidagi rasmiylarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni Prezident idorasi saytida xabar berildi. Tomonlar Ukrainadagi xavfsizlik holati, jang maydonidagi vaziyat, Ukraina “tinchlik formulasi” va unga erishishda Xitoyning ishtirokini muhokama qilgan. “Biz Xitoy bilan hamkorlikni qadrlaymiz va bugun