calendar 25 Nov 16:22
eye 24
comments 0
comments Manba: xs

Navoiydagi mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan korxona faoliyatidan fotoreportaj

image

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

Prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida «Gidro Stanko Servis» masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

Navoiy viloyati sanoatlashgan hudud. Bu yerda togʻ-kon, metallurgiya, kimyo, energetika korxonalari koʻp. Ularga, umuman, yurtimiz sanoati va qishloq xoʻjaligiga mashinasozlik mahsulotlari doim zarur.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

«Gidro Stanko Servis»da aynan shular ishlab chiqariladi. Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. Natijada 2021-yilda 12 million dollardan ziyod valyuta mablagʻlarini tejashga erishilgan. Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish miqdori 23 million dollar boʻlishi kutilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

Korxonaga uskunalar Germaniya, Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirib oʻrnatilgan. 370 kishi ish bilan taʼminlangan.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

Bugungi kunda korxonada quyuv sexi tashkil etish va mahsulotlar turini koʻpaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

Prezidentimiz mutasaddilarga mahalliylashtirish darajasini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

Bugungi kunda Navoiy viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 1 trillion soʻmga yaqin 113 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning natijasida joriy yilning oʻzida 100 million dollarlik import qisqartirilishiga erishiladi.

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Mar 10:26
 
55
0
qalampir.uz

Germaniyada Yevropa tarixidagi eng katta ommaviy qabrlar topildi (foto)

Germaniyaning Nyurnberg shahri markazida vabo qurbonlarining mingdan ortiq skeletlari bo‘lgan qabrlar topildi. Qoldiqlar yangi turar-joy binolari qurilishidan oldin arxeologik tadqiqotlar davomida aniqlangan. Bu haqda kecha, 6 mart kuni BBC xabar berdi. Ommaviy qabrlardan 1000 ga yaqin skeletlar topilgan. Mutaxassislarning fikricha, u yerda jami 1500 dan ortiq odam suyaklari bo‘lishi mumkin. Germaniya janubidagi bu topilma, Yevropada qazilgan eng katta ommaviy qabrdir. U yerda sakkizt

11 Apr 13:56
 
29
0
qalampir.uz

Isroil hujumida HAMAS yetakchisining uch o‘g‘li halok bo‘ldi

HAMAS harakatining siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.   Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarba G‘azo yaqinidagi Ash-Shati qochoqlar lageriga berilgan. Zarba Isroil harbiylari tomonidan amalga oshirilgan. SAXAL bu ma’lumotga izoh bermadi. Xoniya Ramazon hayiti bayramida qochqinlar lageriga qarindoshlarinikiga borishi chog‘ida uning uch

11 Apr 13:56
 
43
0
qalampir.uz

Imomali Rahmon fuqarolarni xalq sha’niga dog‘ tushirmaslikka chaqirdi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon respublika fuqarolarini siyosiy hushyor bo‘lishga, tojik xalqi sha’niga dog‘ tushirmaslikka, manfaatdor kuchlar tomonidan kattalar va bolalardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda u Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi. “Biz farzandlarimizni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular ulug‘vor ajdodlarimiz nomi va xotirasiga munosib bo‘lib, xalqaro maydonda davlat va millatning obro‘-e’t

08 Mar 10:25
 
45
0
qalampir.uz

Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natdi

Hindiston Xitoy bilan chegarani qo‘riqlash uchun o‘n ming askardan iborat qo‘shimcha kuch ajratdi va shu bilan bu hududda xizmat qilayotgan qo‘shinlari sonini ikki barobarga ko‘paytirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi hindistonlik amaldorlarga tayanib, xabar berdi. Unga ko‘ra, avvallari mamlakatning g‘arbiy chegarasida xizmat qilgan 10 ming askardan iborat kuch endi Xitoy bilan bahsli chegaraning bir qismini mustahkamlash uchun safarbar etilgan. Bundan tashqari, Hindistonning X