calendar 16 Nov 13:22
eye 19
comments 0
comments Manba: xs

Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi (Fotoreportaj)

image

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Koʻksaroy” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

— Sizlarni ishontirib aytamanki, Oʻzbekistonda investorlar oʻzini erkin his qilishi, ertangi kunga katta ishonch bilan barqaror ishlashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Aynan shuning uchun, bizga yaqin doʻst, xayrixoh boʻlgan eng ishonchli investorlar ishtirokida yangi Kengashni tashkil etmoqdamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kengash huzurida sarmoyadorlarni qoʻllab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi. Yangi Ishchi guruhning faoliyatini investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov muvofiqlashtirib boradi.

Xususan, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha boʻlgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili asosida koʻrsatadi.

U boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor eʼtiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi.

Investorning biror-bir muammosi yechilmasdan qolsa, tegishli rahbar ishdan ketadi. L.Qudratovga har oyda bir marotaba Prezidentga hisobot kiritish vazifasi yuklatiladi.

Xasan PAYDOYEV olgan suratlar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Facebook va Instagram’dagi uzilishlar qanchaga tushgani ochiqlandi

Meta kompaniyasi Facebook va Instagram’dagi uzilishlar tufayli qariyb 100 mln AQSH dollari yo‘qotdi. Bu haqda "DailyMail" nashri xabar berdi. Weldbush Securities direktori Den Ayvzning ma’lum qilishicha, amerikalik milliarder Mark Sukerberg kompaniyasining aksiyalari qiymati 1,6 foizga tushib ketgan. Kompaniya o‘z daromadining katta qismini reklamalar orqali oladi va yuzaga kelgan texnik muammolar ularning davomiyligiga ham ta’sir qilmasdan qolmagan. Shunga qaramay,

08 Mar 17:00
 
47
0
qalampir.uz

Nigeriyada qurollangan shaxslar 227 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi

Kecha, 7 mart kuni Nigeriyada qurolli shaxslar Kaduna shtati shimolidagi Kuriga shahrida 227 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Qayd etilishicha, jangarilar ertalabki yig‘ilishdan keyin maktabga hujum qilgan. O‘qituvchilardan biri Sani Abdullohiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘rta maktabdan o‘g‘irlanganlar soni 187 nafar, boshlang‘ich maktabdan esa 40 nafarga yaqin. Kuriga shahar kengashi deputati Idris Mayalluraning aytishich

11 Apr 13:56
 
12
0
qalampir.uz

Muzokaralarda Rossiyaga ishonib bo‘lmaydi – NATO 

Tinchlik muzokaralari haqida gap ketganda, Rossiyaga "ishonib bo‘lmaydi". Bu haqda kecha, 9 aprel kuni NATO Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane Britaniyaning LBC radiostansiyasiga bergan eksklyuziv intervyusida so‘z ochdi. "Agar ular (Rossiya rasmiylari) oxir-oqibat tinchlik haqida gapira boshlasa ham, bu tinchlik haqida emas, balki qayta qurollanish va keyinchalik yana hujum qilish uchun sulh haqida bo‘ladi", deb tushuntirdi u. Joanening ta’kidlashi

09 Mar 01:00
 
56
0
xs.uz

Emmanuel Makron Ukrainaga qoʻshin yuborish haqidagi soʻzlariga aniqlik kiritdi

'Biror narsani inkor etmaslik, buni qilish degani emas'. Shu tariqa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qoʻshin yuborish imkoniyati haqidagi soʻzlariga aniqlik kiritdi. Bu haqda u BFMTV telekanali efirida aytib oʻtdi.Undan Ukrainaga NATO qoʻshinlarini yuborish shartlari haqidagi bayonotga izoh berish soʻraldi. Prezident esa qisqa javob berdi: 'Biror narsani inkor etmaslik, buni qilish degani emas'.Shu yilning fevral oyi oxirida Fransiya rahbari NATO qoʻshinlarini Ukrainaga yubori