calendar 12 Oct 14:31
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir

"Otdan tushsa ham egardan tushmas" Masʻud "Tolibon"ga qarshi oxirgacha kurashmoqchi

image
image

Afg'onistondagi Panjsher qarshilik kuchlari rahbari Ahmad Masʻud to g'alaba qozonmagunga qadar "Tolibon" harakatiga qarshi kurashni davom ettirishini maʻlum qildi. Bu haqda uning  bayonotiga asoslanib, "Sputnik" xabar bermoqda.

Qarshilik kuchlari bayonotda toliblarning majburiy ko'chirish, kamsitish, xurofot siyosati, tinch aholi va sobiq amaldorlarni o'ldirishiga qarshi ekanini maʻlum qilgan.

"Hammamiz shu yo'lda oxirigacha boramiz. Ular bizning erkinlik izlayotgan ovozlarimizni o'chirishga harakat qilmoqda", deyilgan bayonotda

Shuningdek, Ahmad Masʻud "Tolibon" hukumatini tan olishdan bosh tortgan davlatlarga minnatdorlik bildirib, xalqaro tashkilotlarni vaziyatga aralashishga chaqirgan. 

Qayd etilishicha, Panjsher qarshilik kuchlarining maqsadi – Afg'onistonda inklyuziv hukumat tuzish.

Bayonotda Afg'onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G'ani haqida ham so'z borgan. U milliy xiyonatga yo'l qo'yganlikda hamda oldindan til biriktirgan holda hukumatni "Tolibon" qo'liga topshirishda ayblangan.

Maʻlumot o'rnida, Panjsherdagi kuchlar "Tolibon"ga uzoq vaqt davomida qarshilik ko'rsatib turdi. Biroq yakunda Afg'onistonning boshqa viloyatlari kabi Panjsher ham taslim bo'ldi. Ushbu viloyat Afg'oniston sharqida joylashgan bo'lib, aholisining asosiy qismini etnik tojiklar tashkil qiladi. Tashqi siyosatda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon hamda Evropa Ittifoqi ushbu viloyatdagi kuchlarni qo'llab-quvvatlashga harakat qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
20
0
xs.uz

Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish sulhi. Dohada nima gap?

Dohadagi muzokaralar Gʻazoda qurbon boʻlgan falastinliklar soni 40 mingdan oshgani sababli mintaqaviy vaziyat kuchayishidan qoʻrquvlar fonida oʻtmoqda. Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi payshanba kuni Dohada Isroil, AQSH, Qatar va Misr rasmiylari ishtirokida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.AQSH va mintaqaviy rasmiylarning bildirishicha, Gʻazo boʻyicha yangi boshlangan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar bugun ham davom etishi kutilmoqda.Muzokaralar mazmuni haqi

11 Aug 03:44
 
36
0
xs.uz

Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqda

Qatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshirishga chaqirdi.'Otashkesim kelishuvini tuzish, garovga olinganlar va m

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Yevropaning Ukrainaga “sovgʻa”si, Gʻazodagi urush va kelishuvga umid (+video)

Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqdaQatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshir

20 Sep 00:23
 
12
0
xs.uz

Livandagi portlash va Rossiyaning oʻq-dori omboriga zarba (+video)

Livandagi peyjer voqeasi va unda kimning qoʻli bor?'Reuters' axborot agentligining xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, seshanba kuni Livanda portlashlar boshlanishidan oldin Isroilning Mossad josuslik agentligi 'Hizbulloh' tomonidan olib kelingan 5 mingta peyjer ichiga portlovchi moddalar oʻrnatgan.Manbalarning 'Reuters' agentligiga aytishicha, fitnaga koʻp vaqt tayyorgarlik koʻrilgan. Ovozli signallar mamlakatga joriy yilning boshida olib kelingan.Peyjerlarning 3 mingtasi kodlang