calendar 12 Oct 14:21
eye 24
comments 0
comments Manba: xs

Saylovda adolat tamoyillarini taʼminlash eng ustuvor vazifa

image

Saylov tamoyillarining eng muhim mezonlari bor. Umumiy tenglik, erkinlik, ochiqlik va shaffoflikning taʼminlanishi shular jumlasidan. Binobarin, saylovlar jamiyat hayotidagi tarixiy voqelik hisoblanib, saylovchilar oʻzi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish orqali mamlakat taqdiriga daxldor jarayonda bevosita ishtirok etadi.

11-Fargʻona saylov okrugi komissiyasi aʼzosi Oʻktam Salomov mamlakatimiz saylov tizimidagi yangiliklar, Saylov kodeksining milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nechogʻlik uygʻunligi xususida quyidagi fikrlarni bildirdi:

— Uzoq yillar mobaynida nufuzli xorijiy ilmiy markazlarda faoliyat olib borib, olim sifatida keng koʻlamli hayotbaxsh islohotlar, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi oʻzgarishlar mohiyatini oʻrgandim. Har jihatdan yaxshi rivojlangan, farovon davlatlarda har bir fuqaroda saylovchi ekanligi bilan faxrlanish tuygʻusi shakllangan. Shu bois saylovlar jarayonida har bir ovozning hisobga olinishi va har bir fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarining shakllanishida bevosita ishtirok etishi demokratik tamoyillarning amaldagi eng yorqin ifodasi sanaladi. Shu maʼnoda amaliyotga joriy etilgan yangi Saylov kodeksi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni oʻzaro uygʻunlashtirganligi bilan ahamiyatlidir. Unga koʻra saylovchilarning elektron roʻyxatini shakllantirish, maʼmuriy birliklar, saylov uchastkalarining joylashuvi, saylov materiallari, taraddud ishlarini ommaviy axborot vositalarida yoritishgacha boʻlgan barcha jarayon boʻyicha mukammal normativ-huquqiy baza yaratildi.

2021-yilning 23-iyun kunidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi rasman boshlangan boʻlsa, eng koʻp saylovchi ovoziga ega 11-Fargʻona saylov okrugida barcha tayyorgarlik yumushlari belgilangan tartib-tamoyillar asosida tashkil etilyapti. Ushbu muhim siyosiy tadbirning ahamiyatini aholiga yetkazishda xolislik, adolat tamoyillarini taʼminlash eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Oʻtgan vaqt davomida Markaziy saylov komissiyasi, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, MDH davlatlari saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi aʼzolari ishtirokida viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari faoliyati oʻrganildi. Saylovga tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada va qonuniy asosda olib borilayotgani eʼtirof etilib, hamyurtlarimizning siyosiy madaniyati, faolligi oʻzgargani, daxldorlik va masʼuliyat hissi oshgani taʼkidlandi.

Oʻz navbatida, Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda akkreditatsiyadan oʻtgan mahalliy OAV vakillari jurnalistlarning huquq va majburiyatlari, saylovni yoritishning oʻziga xosligi kabi mavzularda oʻquv-seminarlar hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib kelinmoqda.

Ishonamizki, shu yilning 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylov jarayonlarida fargʻonalik saylovchilar faol ishtirok etib, Yangi Oʻzbekistonning yaqin istiqboldagi ravnaq-rivojini taʼminlashni maqsad qilgan munosib nomzodning saylovoldi dasturini qoʻllab-quvvatlab ovoz beradilar.

“Xalq soʻzi” muxbiri Botir Madiyorov yozib oldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:37
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq

Bugun, 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligi'qayd etildi.Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.Bu ehtiyojni qondirishni oʻylash oʻrniga, viloyatda bir xil mahsulot ishlab chiqarilib, yangisini yaratish va innovatsiya olib kelish ustida ishlanmayotgani

20 Sep 00:22
 
14
0
xs.uz

Bosh prokurorga yangi oʻrinbosar tayinlanadi. Uning vazifasi nima?

Hududiy prokuraturalarda Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmonida koʻrsatib oʻtildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga bilan Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qili

29 Jul 17:02
 
141
0
qalampir.uz

Dollar kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,45 so‘mga tushdi va 12 574,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 49,00 so‘mga pastlab, 13 626,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 2,26 so‘mga arzonlab, 145,52 so‘mni tashkil etdi.

29 Jul 17:09
 
175
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimining 9 kunlik korxonaga bergan vakolati bekor qilinadi

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning ochilganiga 9 kun bo‘lgan “Garden Catering Trade” korxonasiga topshirgan Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi bekor qilinadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining QALAMPIR.UZ maqolasiga bergan munosabatida yozilgan. “Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g