calendar 12 Oct 14:10
eye 20
comments 0
comments Manba: daryo

Toshkent viloyatidagi mebel sexida yong‘in chiqdi (video)

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Zangiota tumani “Chig‘atoy Oqtepa” MFY Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar viloyat FVBga 12-oktabr kuni soat 15:08 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:16 da yetib borib, yong‘in soat 15:25 da qurshab olingan va soat 16:07 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining, taxminan, 170 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti hamda ichki jihozlari yonib zararlangan.

Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda tadbirkorlarning rentabellik darajasiga qoʻyiladigan talablar yumshatildi

Vazirlar Mahkamasining q'Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida'gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Xususan, hujjat bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning EBITDA asosidagi rentabellik darajasini aniqlashga qoʻyiladigan talablar yumshatilmoqda. Bunda agar EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan:Bundan tashqari hu

20 Sep 00:22
 
13
0
xs.uz

QQS toʻlovchilari soni deyarli 5 foizga oshdi (+toʻliq jadval)

Oʻzbekistonda maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni bir yil ichida oʻsishga erishdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 1-sentyabr holatiga maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni 197 ming 819 tani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 % koʻp deganidir.Eng koʻp QQS toʻlovchilar savdo sohasida boʻlib, 63,4 mingdan ziyod. Qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlashdagi eng faol ikkinchi soha qishloq xoʻjaligi boʻlib,

11 Aug 03:44
 
44
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,04'soʻmga oshdi va'12 640,01'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'27,50'soʻmga koʻtarilib,'13 795,31'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,62'soʻmga pastlab,'146,96'soʻmni tashkil qildi.

20 Sep 00:22
 
8
0
xs.uz

Toshkentda UzMedExpo 2024 tibbiyot ko‘rgazmasi ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ishini boshladi — Fotoreportaj

'UzMedExpo 2024' ko'rgazmasi 18-20 sentyabr kunlari 'O'zekspomarkaz'da bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada zamonaviy tibbiyot yutuqlari namoyish etiladi.Har yili 'UzMedExpo' ko'rgazmasi tibbiy texnologiya va asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot sanoatidagi innovatsion tovarlar va xizmatlarning so'nggi ishlanmalarini namoyish etish uchun maqsadli platforma hisoblanadi. 2024-yilda tadbirda O'zbekiston, Germaniya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya va Turkiya kompaniyalari ishtirok etmoq