calendar 12 Oct 13:31
eye 25
comments 0
comments Manba: qalampir

280 mingta yangi ish o'rni, maxsus turizm dasturi... Mirziyoyev Buxoroning keyingi 5 yili haqida

image
image

Bugun, 12 oktyabr kuni O'zLiDePdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Qorako'l shahrida buxorolik saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Tadbirni nomzodning Buxoro viloyati bo'yicha ishonchli vakili S.Husenov ochdi.

Shavkat Mirziyoyev aholini o'zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Bu dastur iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi, taʻlim, tibbiyot, hududlar rivoji, davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, tashqi siyosat, madaniyat sohalariga oid o'nta ustuvor yo'nalishni qamrab olgan.

Nomzod kelgusi yillarda viloyat sanoatida keskin burilish davri bo'lishini taʻkidladi. Jumladan, jami 8 milliard dollarlik 5 mingta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 100 mingta yangi ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan.

Qorako'l tumanida gaz-kimyo majmuasi barpo etish loyihasi ulardan eng yirigidir. Qiymati 2,7 milliard dollar bo'ladigan ushbu zavodda yiliga 1,3 milliard kub metr tabiiy gaz qayta ishlanib, 770 ming tonna polimerlar ishlab chiqariladi.

Shuningdek, to'qimachilik sanoatida jami 450 million dollarlik 180 ta, qurilish materiallari bo'yicha 10 trillion so'mlik 282 ta loyiha rejalashtirilgani aytildi. Bu korxonalar va aholini energiya bilan taʻminlash uchun shamol, quyosh va issiqlik elektr stantsiyalari barpo etiladi.

Qishloq joylardagi aholining asosiy daromad manbasi ziroatchilik ekanini inobatga olib, bu sohani rivojlantirishga ham alohida eʻtibor qaratilgan. Shu maqsadda 8 ming kilometr kanal va kollektorlarni taʻmirlash, 126 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish rejalashtirilgan. 100 ming gektar yer meva-sabzavot yetishtirishga ajratilishi, 15 ming gektar paxta va g'alla maydonlari qisqartirilib, ochiq tanlov asosida aholiga ijaraga berilishi qayd etildi.

"Buxoro azal-azaldan tadbirkor va hunarmandlar yurti bo'lib shuhrat qozongan. Bu salohiyatni ishga solish uchun aholiga dastak bo'ladigan sharoitlar yaratib, kasbga o'rgatsak va ozgina ko'mak bersak, bemalol 90 ming aholining bandligini taʻminlasa bo'ladi", deydi Shavkat Mirziyoyev.

Bu ishlarni manzilli tashkil etish uchun har bir mahallada "hokim yordamchilari" faoliyati yo'lga qo'yilishi mo'ljallangan.

Buxoro viloyatida 829 ta madaniy yodgorlik bo'lib, 287 tasining tarixi ming yilliklarga oid. Shu bois, Buxoroda turizmni rivojlantirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, kelgusi besh yilda viloyatda 255 ta mehmonxona, 60 ta yangi turizm yo'nalishi tashkil etiladi. 800 dan ziyod madaniy obʻyektlar restavratsiya qilinadi. Ark qo'rg'onining yuz yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi. G'ijduvonda hududlararo ulgurji savdo markazi quriladi.

Umuman olganda, kelgusi besh yilda Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 50 trillion so'm ajratish va jami 280 mingta yangi ish o'rni yaratish maqsad qilingan.

Nomzod, shuningdek, uy-joy, ichki yo'llar, muhandislik tarmoqlari qurish, tibbiyot va taʻlim sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlariga to'xtalib o'tdi.

Uchrashuvda saylovchilar so'zga chiqib, nomzodning dasturi yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. Bo'lajak Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini taʻkidlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:37
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq

Bugun, 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligi'qayd etildi.Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.Bu ehtiyojni qondirishni oʻylash oʻrniga, viloyatda bir xil mahsulot ishlab chiqarilib, yangisini yaratish va innovatsiya olib kelish ustida ishlanmayotgani

20 Sep 00:22
 
13
0
xs.uz

Bosh prokurorga yangi oʻrinbosar tayinlanadi. Uning vazifasi nima?

Hududiy prokuraturalarda Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmonida koʻrsatib oʻtildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga bilan Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qili

29 Jul 17:02
 
141
0
qalampir.uz

Dollar kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,45 so‘mga tushdi va 12 574,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 49,00 so‘mga pastlab, 13 626,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 2,26 so‘mga arzonlab, 145,52 so‘mni tashkil etdi.

29 Jul 17:09
 
175
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimining 9 kunlik korxonaga bergan vakolati bekor qilinadi

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning ochilganiga 9 kun bo‘lgan “Garden Catering Trade” korxonasiga topshirgan Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi bekor qilinadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining QALAMPIR.UZ maqolasiga bergan munosabatida yozilgan. “Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g