calendar 25 Jan 07:30
eye 33
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Mirziyoyev: kamroq gapiring, balandparvoz gaplar menga yoqmaydi

image
Siyosat
Havola olish
126 0 0

Prezident Buxoro viloyatidagi uchrashuvda amaldorlarga ko'proq ishlash kerakligini maslahat berdi. Aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni esa qo'llab-quvvatlashini maʻlum qildi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining Olot tumani markazida Olot, Qorako'l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashuvda amaldorlarga ko'proq ishlash kerakligini maslahat berdi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbarining viloyatga tashrifiga bag'ishlab tayorlangan maxsus reportajida davlat rahbari fuqaro va amaldorlardan taklif va savollar so'ragan. Shuningdek, quruq hisobot bilan cheklanayotgan mansabdorlarga kamroq gapirib, ko'proq ishlashni maslahat bergan.

"Men siz bilan birinchi marta gaplashayapman. Kamroq gapiring… Menga qilgan ishlaringizni… Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi, ish joyini tashkil qilib, kambag'alni kamaytirish kerak. Eng katta maqsadim shu", — dedi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuvda "Oqsuv" MFY raisi o'z mahallasida 214 nafar ishsiz fuqaro va 4 nafar tadbirkor borligini maʻlum qildi. Mahalla raisi tadbirkorlardan biri shaharda ijarada turib faoliyat ko'rsatayotgani, mahallaning yetti nafar fuqarosini ish bilan taʻminlaganini aytgan va prezidentdan uning qishloqda faoliyat ko'rsatishi uchun yer so'ragan.

"Er bersa bo'ldi, o'zi hamma binosini tiklab, yettita emas, 15 ta fuqaroni ish bilan taʻminlayman deyapti", — deydi mahalla raisi.

Bunga javoban Shavkat Mirziyoyev shu kabi takliflar kerakligini qayd etdi.

Suhbat davomida hayajonga tushgan mahalla raisi davlat rahbariga "bundan keyin sizni ‘podvodit’ qilmaymiz", deya vaʻda bergan va o'z fikrini o'zbek tilida bildirmagani uchun darhol uzr so'ragan.

"Mayli, mayli, ‘podvodit’ qilmasang ham mayli. Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo'ldi", — deya Mirziyoyev holatni hazilga yo'yib.

Teglar:
prezident safarlari, Buxoro viloyati, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 21:49
 
155
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirining logistika masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi xabar berdi. “Rossiya Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi 2008-2022 yillarda Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dmitriy Bulgakovga nisbatan korrupsiya masalasiga oid jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda”, deydi Tergov qo

26 Jul 22:52
 
140
0
qalampir.uz

Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi

Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.    Bidirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum. “Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini

08 Sep 16:45
 
10
0
xs.uz

Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi

Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punkti yaqin kunlarda ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda 'Turmush.kz''xabar berdi.Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari doirasida 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punktigacha boʻlgan yoʻllar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi.Prezident Sadir Japarovning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantaye

08 Sep 16:45
 
12
0
xs.uz

Turkiyada ilojsiz qolib ketgan 21 yoshli qiz Oʻzbekisatonga olib kelindi

Turkiyaning Istanbul shahrida chorasiz qolib ketgan oʻzbekistonlik 21 yoshli qiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, u Istanbulga oʻz ammasining taklifi asosida ishlashga kelib, qiyin vaziyatda qolgan. Ikki kun koʻchada yashash joyisiz yurgan, Jizzax viloyatidan kelgan 21 yoshli fuqaroning vatanga qaytishi taʼminlangan.Aviachipta va boshqa toʻlovlar 'Xalqaro oʻzbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jam