calendar 25 Aug 08:30
eye 44
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

So'xdagi ommaviy tartibsizliklardan so'ng 6 kishi qamoqqa olindi

image
Jamiyat
Havola olish
86 0 0

May oxirida "Chashma" bulog'i bo'yida Qirg'iziston hamda O'zbekiston fuqarolari o'rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro'y bergan.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Joriy yil 31 may kuni O'zbekiston Respublikasi So'x tumani, Chashma qishlog'ining Qirg'iziston Respublikasi, Batken oblasti, Kadamjay rayoni, Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan "Chashma" bulog'i bo'yida Qirg'iziston hamda O'zbekiston fuqarolari o'rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro'y bergan.

Press-slujba xokimiyata rayona Sux / Telegram

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So'x tumani Chashma qishlog'iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organ hodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko'rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

Mazkur holat bo'yicha 01.06.2020 yilda Farg'ona viloyat prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish) va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʻlon qilinib, ularga "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
51
0
xs.uz

Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom

04 Jun 02:44
 
21
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

13 Jun 00:38
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri