calendar 13 Aug 14:21
eye 45
comments 0
comments Manba: xs

“Masofaviy taʼlim sharoitida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik” mavzusida xalqaro vebinar oʻtkaziladi

image

Joriy yilning 12-avgust kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jahon banki va Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlim strategiyalarini rivojlantirish instituti mutasaddilarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda masofaviy taʼlim sharoitida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga ishtirok etish boʻyicha tayyorgarlik koʻrmoqda. Xususan, Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun 6000 nafardan ortiq pedagoglarning malakasini oshirish vazifasi belgilab berilgan.

Muhokamalar davomida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Jahon banki va Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlim strategiyalarini rivojlantirish instituti vakillariga hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun minnatdorchilik bildirar ekan, yurtimizda PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlari tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berdi. Pandemiya tufayli murakkab sharoitga qaramasdan, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish dolzarb masala ekanligini inobatga olgan holda hamkorlik aloqalarining keyingi bosqichlari borasida fikr almashildi.

Eslatib oʻtish joizki, Jahon bankining READ dasturi doirasida 2019-yil davomida PISA va PIRLS boʻyicha seminarlar Moskva, Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etilgan. Xususan, Rossiya poytaxtida oʻtkazilgan oʻquvlarda 20 nafar mutaxassislar tajriba orttirgan boʻlsa, Toshkent va Samarqandda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilardan iborat jami 2800 nafar pedagoglarning malakasi oshirilgan edi. Shuningdek, yurtimizda oʻtkazilgan seminarlarda 3 asosiy yoʻnalish: “Matematik savodxonlik”, “Tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik” hamda “Oʻqish savodxonligi” boʻyicha 260 nafar trenerlar oʻqituvchilar tayyorlangan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida ushbu trener oʻqituvchilar tomonidan hududlardagi umumtaʼlim muassasalari xodimlari va oʻqituvchilari uchun kaskad usulida oʻquvlar tashkil etish orqali xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilib kelmoqdalar.

Uchrashuv davomida olib borilgan muhokamalar natijasida koʻp yillik tajribaga ega rossiyalik ekspertlar ishtirokida joriy yilning 24-25-avgust kunlari Taʼlim inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlimni rivojlantirish strategiyalari instituti hamda Jahon bankining READ dasturi bilan hamkorlikda “Masofaviy taʼlim sharoitida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik” mavzusida xalqaro vebinar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Oʻz navbatida Jahon banki va Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlim strategiyalarini rivojlantirish instituti vakillari mazkur tadbirni avvalgi seminarlarning mantiqiy davomi sifatida yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.

Koʻp yillar davomida PISA boʻyicha Rossiyaning milliy koordinatori sifatida faoliyat olib borgan, Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlim strategiyalarini rivojlantirish instituti Taʼlim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva Rossiya mazkur tadqiqotlarda 2000-yildan beri ishtirok etib kelayotganini taʼkidlar ekan, shunday dedi:

– Maʼlumki, taʼlim sifati baholash boʻyicha tadqiqotlar konsepsiyalari maʼlum muddatlarda oʻzgarib turadi. Tadqiqotlarning nafaqat konseptual ramkasi balki oʻzgarish tendensiyalarni ham kuzatib borish zarur. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda pedagoglarning malakasini oshirish hamda oʻquv metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash juda muhim. Shuning uchun ham ushbu vebinar masofaviy taʼlim sharoitida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha pedagoglar malakasini oshirish, oʻzaro tajriba almashishga xizmat qilishiga ishonchim komil.

Tadbir davomida xalqaro vebinarni qay tartibda tashkil etish, unga puxta tayyorgarlik koʻrish, xususan mavzularni chuqurroq oʻrganish uchun tadbirni samarali va mazmunli oʻtkazish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Yakunda xalqaro vebinar dasturini ishlab chiqish va kelishish, ishtirokchilar soni, tarkibi hamda maʼruzachilar taqdimotlari mavzularini aniq belgilab olishga kelishildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 21:45
 
115
0
xs.uz

Toshkentda “Lada Largus” yonib ketdi

Toshkent shahrida 'Lada Largus' rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 17-iyul kuni soat 19:15 larda Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasida sodir boʻlgan.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin transport vositasidagi qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqan. Alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.'Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar boʻlmagan', deyiladi xabarda.Mazkur hodisa yuzasid

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

17 Jul 21:53
 
117
0
qalampir.uz

Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniyda Ramzan Qodirov bilan uchrashdi (video)

Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilayotgan Kavkaz investitsiya forumi doirasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirovning Telegram-kanalida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida hududlar o‘rtasidagi qator sohalardagi hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, strategik hamkorlikni rivojlantiri

19 Aug 07:03
 
17
0
xs.uz

Mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi yanada mustahkamlanishi ta’minlanmoqda

Senatning 55-yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. ' Muhokama jarayonida ta'kidlanganidek, keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta'lim olishga aynan ota-onalarning o'zi olib borishi holatlari ko'payib bormoqda.Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra 2021-2023 yill