calendar 18 Nov 04:59
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Nodirbek Abdusattorov bugun “Tata Steel Chess India” gʻolibi boʻlishi mumkin. Bu uchun bitta shart bajarilishi kerak

image
Bugungi 'Tata Steel Chess India' turnirida Nodirbek Abdusattorovni muhim uchrashuvlar kutmoqda. Birinchi navbatda, u soat 13:30 da amerikalik Uesli So bilan, soat 15:00 da esa hindistonlik Arjun Erigaysiga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Kunning eng muhim bahsi esa soat 16:30 da Magnus Karlsenga qarshi boʻlib oʻtadi, bu Nodirbek uchun juda katta ahamiyatga ega.

Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida 4,5 ochko bilan sof ikkinchi oʻrinda turibdi. Uning Magnus Karlsen bilan oʻyini nafaqat shaxsiy reytingini, balki turnirdagi umumiy mavqeyini ham belgilab beradi. Karlsen esa 5 ochko bilan peshqadam boʻlib, birinchi oʻrinni saqlab qolishni maqsad qilgan. Agar hamyurtimiz turnirda gʻolib chiqishni istasa, bugun nafaqat magʻlub boʻlmasligi, balki Magnusni taslim etishi ham talab etiladi.



Turnirning oʻtgan kungi bahslarida Nodirbek 2 durang va 1 gʻalaba bilan kunni yakunladi. Uning bu natijasi unga umumiy hisobda yuqori oʻrinda turish imkonini bermoqda. Kuchli raqiblarga qarshi barqaror oʻyin koʻrsatayotgan Nodirbek muxlislarning eʼtiborini tortmoqda.

Hindistondagi bu nufuzli turnir jami 9 tur rapid va 18 tur blis yoʻnalishlarida oʻtkazilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 41 ming 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda shaxmatchilar har yoʻnalishda alohida gʻoliblik uchun bellashishmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:37
 
44
0
postda.uz

Voleybolchi ayollar bellashuvi

Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tuman IIOFMBlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun oʻzaro bellashishdi.Musobaqa yakuniga koʻra Sergeli tumani jamoasi 3-oʻrin, Yakkasaroy tumani sportchi ayollari 2-oʻrinni band etishdi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan markaziy apparat terma jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Gʻolib va sovrindorlarga IIBB

18 Nov 04:59
 
11
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov bugun “Tata Steel Chess India” gʻolibi boʻlishi mumkin. Bu uchun bitta shart bajarilishi kerak

Bugungi 'Tata Steel Chess India' turnirida Nodirbek Abdusattorovni muhim uchrashuvlar kutmoqda. Birinchi navbatda, u soat 13:30 da amerikalik Uesli So bilan, soat 15:00 da esa hindistonlik Arjun Erigaysiga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Kunning eng muhim bahsi esa soat 16:30 da Magnus Karlsenga qarshi boʻlib oʻtadi, bu Nodirbek uchun juda katta ahamiyatga ega.Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida 4,5 ochko bilan sof ikkinchi oʻrinda turibdi. Uning Magnus Karlsen bilan oʻyini nafaqat shaxsiy reyt

11 Nov 03:18
 
22
0
xs.uz

Afroʻza Hamdamova ikki karra jahon chempioni boʻldi

Afroʻza Braziliyada boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval gʻalaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi. U 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼi nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgi Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi v

18 Nov 04:59
 
10
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Bu anʼanaviy musobaqa oltinchi marta tashkil etilib, dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini bir joyga toʻplaydi. Turnir rapid va blis yoʻnalishlarida qizgʻin janglarga boy boʻlishi kutilmoqda. Ushbu nufuzli turnirning mukofot jamgʻarmasi 41,500 AQSH dollarini tashkil etib, elit shaxmatchilarni oʻziga jalb qilgan. Turnirda hamyurtimizdan tashqari toʻrt karra jahon chempioni Magnus Karlsen, Xitoyning birinchi raqamli shaxmatchisi Vey Yi, germaniyalik isteʼdod Vinsent Keymer, AQSHlik taj