“Choyxoʻrlar mamlakati”: yurtdoshlarimiz qaysi davlatning “importnыy” choyini koʻproq ichishadi?
Statistika agentligining xabar berilishicha, eng koʻp choy Xitoydan import qilingan boʻlib, ushbu mamlakatdan 20 ming 409 tonna choy keltirilgan. Qayd etish kerakki, Xitoy Oʻzbekistonga choy eksport qiluvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanib kelgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Keniya va Hindistondan ham choy import qilmoqda. Keniya 1070 tonna choy eksport qilgan boʻlsa, Hindistondan 786 tonna choy olib kelingan. Bu davlatlar ham Oʻzbekiston choy bozoridagi muhim oʻrinlarga ega.
Qolgan oʻrinlarda Eron va Rossiya turibdi. Eron 766 tonna, Rossiya esa 427 tonna choy yetkazib bergan. Bundan tashqari, boshqa davlatlardan jami 1 350 tonna choy olib kelingan.
Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli koʻrsatkichlari mamlakatlar boʻyicha sezilarli darajada farq qiladi. Turkiyada bu koʻrsatkich yiliga bir kishiga taxminan 3 kilogrammni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniya va Eron kabi davlatlarda ham aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli yuqori boʻlib, yiliga taxminan 2-2,5 kilogrammni tashkil etadi.
Bu koʻrsatkich Rossiyada yiliga bir kishiga oʻrtacha 1,2 kilogramm atrofida boʻlsa, Xitoyda 0,6-1 kilogramm orasida. Yaponiyada esa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli bir kishiga yiliga taxminan 0,6 kilogrammni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda ham bu miqdor deyarli shunday. Agarda yuqoridagi import hajmiga qaraydigan boʻlsak, taxminan, har bir oʻzbekistonlik 0,7 kg 'importnыy' choy ichadi. Bunga mamlakatimiz hududidagi mahalliy choy miqdoriniyam qoʻshishimiz, soʻngra qayta hisoblashimiz kerak boʻladi.
Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,93'soʻmga oshdi va'12 795,02'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'4,71'soʻmga oshib,'13'894,11'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,05'soʻmga pastlab,'131,62'soʻmni tashkil qildi.
Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi
Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish oʻrni yaratildi. Bu haqda bugun, 23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Ishlab chiqarish 2 karra oʻsdi, yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgan
Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,00 soʻmga oshdi va 12 786,98 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 160,83 soʻmga tushib, 13 735,68 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,13 soʻmga koʻtarilib, 130,27 soʻmni tashkil qildi.
Turkmanistondan 72 ming, Tojikistondan 31 ming, Afgʻonistondan atigi 2 mingdan ziyod fuqarolar nima maqsadda Oʻzbekistonga keldi?
Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolar soni maʼlum boʻldi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 112,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 69,7 ming nafarga yoki 2,6 barobarga oshganini koʻrsatmoqda.Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelg