“Choyxoʻrlar mamlakati”: yurtdoshlarimiz qaysi davlatning “importnыy” choyini koʻproq ichishadi?
Statistika agentligining xabar berilishicha, eng koʻp choy Xitoydan import qilingan boʻlib, ushbu mamlakatdan 20 ming 409 tonna choy keltirilgan. Qayd etish kerakki, Xitoy Oʻzbekistonga choy eksport qiluvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanib kelgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Keniya va Hindistondan ham choy import qilmoqda. Keniya 1070 tonna choy eksport qilgan boʻlsa, Hindistondan 786 tonna choy olib kelingan. Bu davlatlar ham Oʻzbekiston choy bozoridagi muhim oʻrinlarga ega.
Qolgan oʻrinlarda Eron va Rossiya turibdi. Eron 766 tonna, Rossiya esa 427 tonna choy yetkazib bergan. Bundan tashqari, boshqa davlatlardan jami 1 350 tonna choy olib kelingan.
Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli koʻrsatkichlari mamlakatlar boʻyicha sezilarli darajada farq qiladi. Turkiyada bu koʻrsatkich yiliga bir kishiga taxminan 3 kilogrammni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniya va Eron kabi davlatlarda ham aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli yuqori boʻlib, yiliga taxminan 2-2,5 kilogrammni tashkil etadi.
Bu koʻrsatkich Rossiyada yiliga bir kishiga oʻrtacha 1,2 kilogramm atrofida boʻlsa, Xitoyda 0,6-1 kilogramm orasida. Yaponiyada esa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan choy isteʼmoli bir kishiga yiliga taxminan 0,6 kilogrammni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda ham bu miqdor deyarli shunday. Agarda yuqoridagi import hajmiga qaraydigan boʻlsak, taxminan, har bir oʻzbekistonlik 0,7 kg 'importnыy' choy ichadi. Bunga mamlakatimiz hududidagi mahalliy choy miqdoriniyam qoʻshishimiz, soʻngra qayta hisoblashimiz kerak boʻladi.
Dollar kursi koʻtarilib, rekord chizigʻini bosib oʻtdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,05'soʻmga oshdi va'12 827,90'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'32,75'soʻmga tushib,'13'832,32'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,10'soʻmga pastlab,'132,85'soʻmni tashkil qildi.
Ogohlik
Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish usullari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Alijon ABDUSATTOROV,“Postda” muxbiri.
SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA
Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota
Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.