calendar 18 Nov 04:58
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.

Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Joriy yilning mart oyida Toshkentda islom dunyosining yetakchi moliya institutlari ishtirokida bank rahbarligidagi Arab muvofiqlashtirish guruhining yig'ilishi muvaffaqiyatli o'tkazildi.

ITB bilan loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi, ularning 40 foizi xususiy sektorga to'g'ri kelmoqda.

Bank ishtirokida tashkil etilgan O'zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shma jamg'arma kapitali izchil shakllantirilmoqda.

Ta'lim, sog'liqni saqlash, infratuzilma, tadbirkorlik, ekologiya sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni safarbar etish, bank tuzilmalarini loyiha ishlariga faol jalb qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Mamlakatimiz sanoati va tog'-kon tarmog'idagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ITBning ishtiroki yuzasidan ham fikr almashildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Nov 21:30
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'5,75'soʻmga oshdi va'12 780,09'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'40,74'soʻmga oshib,'13'889,40'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,50'soʻmga pastlab,'131,67'soʻmni tashkil qildi.

29 Oct 20:49
 
19
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,72'soʻmga tushdi va'12 808,39'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,25'soʻmga oshib,'13'862,52'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,23'soʻmga pastlab,'132,63'soʻmni tashkil qildi.

11 Nov 03:18
 
20
0
xs.uz

Qaysi hududda yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda? Statistika agentligi barchasini maʼlum qildi (+foto)

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 64 ming 553 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Bu yangi subyektlar hududlar boʻyicha turlicha taqsimlandi. Eng koʻp yangi korxonalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularning umumiy soni 12 ming 920 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Xorazm viloyatida ham faoliyati yangi boshlangan korxonalar soni yuqori boʻlib, jami 5 ming 791 ta korxona tashkil etilgan. Samarqand vilo

29 Oct 20:49
 
26
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,72'soʻmga tushdi va'12 808,39'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,25'soʻmga oshib,'13'862,52'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,23'soʻmga pastlab,'132,63'soʻmni tashkil qildi.