Vazirlar Mahkamasiga oid Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ' ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Hukumatining aʼzolari ' Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida joylashgan metan zapravkada 8,6 mlrd so'mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda 'O'zenergoinspeksiya' axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, 'O'zenergoinspeksiya' Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirida 'R.G.M.' MChJga qarashli avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich ko'rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta'sir ko'rsatilgani ma'l
Prezident energiya taʼminoti boʻyicha bajarilgan ishlar va rejalarni koʻrib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta'minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.Bu borada 10-iyun kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida vazifalar belgilangan edi. Mutasaddilar shu asnoda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarlik to'g'risida axborot berdi.Qayd etilganidek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sib borayotgan talabiga mos hajmda gaz
Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi
'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Bugun, 6-noyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.Sessiyada deputat Rustam Kalonov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi etib saylandi.Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan deputatlarn