calendar 20 Sep 00:22
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qarshi shahrida sex Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ayblanmoqda

image


Bosh prokuratura huzuridagi Departament Qarshi shahrida 232,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sexni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda noqonuniy holat fosh boʻlgan.

Qayd etilishicha, fuqaro A.N. va boshqalar tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Qarshi shahri 'Naqshab' MFY hududidagi xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etishgan.

Ushbu sex boshqaruvchilari umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, jami 232,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 8 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:' 'Cobalt' ' 102 052 dona' 'Damas' ' 59 545 dona' 'Tracker' ' 27 454 dona' 'Onix' ' 21 607 dona' 'Lacetti-Gentra' ' 12 837 dona' 'KIA' ' 12 795 dona' 'Chery' ' 5 190 dona' 'Haval' ' 1 390 dona' Maxsus yengil avtomobillar ' 17 321 dona

11 Aug 03:44
 
49
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarildi, yevro esa tushdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'21,12'soʻmga oshdi va'12 615,97'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,07'soʻmga tushib,'13 767,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,25'soʻmga koʻtarilib,'148,58'soʻmni tashkil qildi.

25 Sep 13:14
 
9
0
xs.uz

Yangi haftada dollar kursi qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 4,99 soʻmga oshdi va 12 729,83 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 32,80 soʻmga tushib, 14 207,76 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,35 soʻmga koʻtarilib, 137,46 soʻmni tashkil qildi.