Yana baʼzi oilalar yogʻoch oʻymakorligi, temirchilik, kashtachilik bilan shugʻullanadi. Bugungi kunda mahallada tadbirkorlik subyektlari soni yigirmatadan oshdi. Maktab, bogʻcha va poliklinika bor. Ularda hudud aholisining bir qismi doimiy ish bilan band.
Oʻtgan yili 131 kishi ishga joylashtirilgan. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 ta loyihaga 240 million soʻm kredit ajratilgan.
Davlatimiz rahbari mahalladagi 'Gulnora Matqulobod bodomlari' korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Bagʻdodda bodom yaxshi oʻsadi. Korxona 11 ta mahalladagi 500 dan ortiq xonadonlarga bodom tarqatib, sotuvga tayyorlatadi. Bir kunda 3 tonnagacha mahsulot qayta ishlanadi. Hozirda poʻsti yumshatilgan mazali bodomlar poytaxtimiz va viloyatlarga yetkazib berilmoqda. Tadbirkor ayol endi uni eksport qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
Prezidentimiz tadbirkor va kasanachi ayollar bilan samimiy suhbatlashdi. Tashabbuskorligi va mehnatsevarligi, islohotlarga kamarbasta boʻlib, xotin-qizlarni ishli qilayotgani uchun ularga minnatdorlik bildirdi.
Mahalla byudjetida 83 million soʻm bor. Koʻchalar obod, xonadonlar saranjom-sarishta. Mahalla markazida huquq-tartibot idorasi, chiqindi yigʻish punkti barpo etilgan.
Shu yil 25-iyun kuni davlatimiz rahbari huzurida oʻtgan yigʻilishda mahallalarda servis kompaniyasi tashkil qilish choralari belgilangan edi. Shu asosida bu yerda ham 'Yuksalish ' mahalla-servis kompaniyasi tashkil etildi.
Servis kompaniyasi Bagʻdod tumanidagi 5 ta mahallaga xizmat koʻrsatadi. 24 soatlik ish yoʻlga qoʻyilgan. 22 nafar ishchi, oʻnga yaqin yuk tashish va maxsus transportlar, taʼmirlash anjomlari el xizmatida.
Toʻlovlarni undirishda 'Mening uyim' elektron dasturidan foydalaniladi. Uning idorasi hovlisida hunarmandlar uchun ham sharoit yaratilgan.
Bu tajribani kengaytirib, mahallalarni obod qilish, bandlik va ozodalikka alohida eʼtibor qaratish muhimligi taʼkidlandi.
Samarqandda noqonuniy daraxtlarni kesish orqali tabiatga 269 million 620 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi
Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor oʻrganishlar jarayonida 'Samarqand maxsus suv drenaj' MCHJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 260 million 620 ming soʻm zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha mazkur holatda oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdor
“Baxti Tashkentskiy”ning akasi 10,5 yilga qamaldi
Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayev xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan. Davlat ayblovc
Fargʻonada maʼnaviyat festivali
Fargʻona viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida viloyat boʻylab poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkor va sanʼatkorlar, olimlar ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.' Festival davomida 'Vatan madhi' konsert dasturi, 'Mutolaa marafoni', 'Eng maʼnaviyatli mahalla' tanlovi, 'Maʼrifat tur', 'Ziyolilar forumi',
Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Maʼlum boʻlishicha, elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilib kelmoqda, ammo soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻq. Bu esa energetika obyektlaridagi taʼmirlash ishlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.Shunga koʻra, Energetika vazirligi huzuridagi 'Oʻzenergoinspeksiya', 'Issiqlik elektr stansiyalari', 'Oʻzbekgidroyenergo', 'Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqla