calendar 11 Jul 15:12
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish boʻyicha Prezident qarori imzolandi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi ('Qoʻqon' EIZ) hududi kengaytiriladi.

Qayd etilishicha, 'Qoʻqon' EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi'unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi. Bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga koʻra aniqlanadi.

Shuningdek, 2026-yil oxirigacha 'Qoʻqon' EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi, yiliga 965 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishi, shundan 313,6 million dollarini eksportga yoʻnaltirish boʻyicha quvvatlar ishga tushirilishi taʼminlanadi.

Avvalroq Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 17:11
 
59
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 34,17 so‘mga pastladi va 12 599,83 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, yevro kursi ham 34,56 so‘mga arzonlab, 13 675,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 0,84 so‘mga pastlab, 147,78 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

19 Aug 07:03
 
26
0
xs.uz

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi

Dam olish kunlari salqin havo Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet agentligi.Sinoptiklarga koʻra, shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.Baʼzi joylarda shamol tezligi 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end20 m/s gacha kuchayishi, chan