calendar 08 Jul 20:40
eye 136
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga zarba berdi. Qurbonlar bor (video)

image

Bugun, 8 iyul kuni Rossiyaning raketa zarbalari Ukraina shaharlaridagi asosiy nishonlarga, jumladan Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga tegdi. Oqibatda 20 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Kiyev shahar harbiy boshqarmasi xabar berdi.

Ukraina rasmiylarining aytishicha, kamdan kam uchraydigan bunday kunduzgi havo hujumi Kiyev, Dnepr, Krivoy Rog, Slavyansk va Kramatorsk kabi shaharlarda sodir bo‘lgan. Zarar ko‘rgan binolar orasida eng yirik bolalar tibbiyot markazi bo‘lgan Kiyevdagi Oxmatdit shifoxonasi ham bor. Shifoxona butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab kasal bolalarni davolashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Hodisa joyidan olingan videolarda ko‘ngillilar politsiya va xavfsizlik xizmati bilan birgalikda vayronalardan bolalarni xavfsiz joyga olib chiqishga qanday harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. 

“Hamma tutun ichida qolgandi, nafas olish uchun havo yo‘q edi. Bu qo‘rqinchli bo‘lsa-da, biz omon qoldik”, deydi katta hamshira Natalya Sardudinova raketalarning shifoxonaga tushgan paytini tasvirlab berarkan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining X sahifasida shifoxonadagi qurbonlarning aniq soni hozircha ma’lum emasligini va vayronalar ostida odamlar borligi, shifokorlardan tortib mahalliy aholigacha hamma vayronalarni tozalashda yordam berayotganini aytgan.

“Ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi, bolalar shifoxonasi shikastlangan. Barcha tashkilotlar imkon qadar ko‘proq odamni qutqarish bilan shug‘ullanmoqda”, deb yozgan Zelenskiy.

Shuningdek, u Ukrainaga qarshi har xil turdagi 40 ga yaqin raketa uchirilgani, butun dunyo Rossiya zarbalariga yakun yasash uchun bor kuchini ishga solishi kerakligini ta’kidlagan.

“Faqat birgalikda haqiqiy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlay olamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatidagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba bergani haqida xabar berilgandi. Oqibatda 100 mingdan ortiq iste’molchi hisoblagichlari quvvatsizlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:02
 
60
0
qalampir.uz

Seul Shimoliy Koreyani yana axlat sharlarini uchirganlikda aybladi

Bugun, 21 iyul kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradan yana chiqindi sharlarini uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qo‘shinlari bosh shtabi ma’lum qildi. Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, chiqindi to‘ldirilgan sharlar Kyongido provinsiyasi tomon uchirilgan. Rasmiylar aholini yerga qulagan narsalarga tegmaslikka, sharlarni ko‘rganda huquq-tartibot idoralari yoki harbiylarga xabar berishga chaqirgan. Ikki kun avval Seul Shimoliy Koreya chegarasi bo‘ylab karnaylar orqali xal

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

22 Jul 19:08
 
51
0
qalampir.uz

Kuleba ertaga Xitoyga boradi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 ​​iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu tashrif Kulebaning xitoylik mavqedoshi Van Ining taklifiga binoan rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini izlash va Xitoyning tinchlikka erishishdagi mumkin bo‘lgan roli bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish i

20 Jul 16:07
 
64
0
qalampir.uz

Bayden keyingi haftada saylovoldi kampaniyasini davom ettirmoqchi

AQSH Prezidenti Jo Bayden kelasi hafta saylovoldi tashviqoti tadbirlarida ishtirok etishni davom ettirish niyatida. Bu haqda Amerika yetakchisining saylovoldi shtab-kvartirasi tarqatgan bayonotida so‘z boradi. “Kelgusi hafta saylovoldi tashviqotiga qaytishni intiqlik bilan kutaman, bunda Donald Trampning 2025 yil loyihasidan kelib chiqadigan tahdidni yana bir bor ta’kidlab, o‘zimning yutuqlarim va Amerikaga bo‘lgan qarashlarim, demokratik tizimimizni saqlab qolish, huquq va er