calendar 08 Jul 18:52
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda 36 yoshli erkakni do‘pposlab, mashinaga solib ketgan yigitlar ushlandi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxs mashinadan tushib, yo‘lovchi fuqaroni shafqatsizlarcha do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20:25 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 yilda tug‘ilgan N.T., 1993 yilda tug‘ilgan S.Q., 1987 yilda tug‘ilgan D.Q., 1995 yilda tug‘ilgan H.Q., 1994 yilda tug‘ilgan J.I. va 1997 yilda tug‘ilgan Sh.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q., H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohat yetkazgan. So‘ng N.T.ni avtomashinaga solib,  uyi oldiga olib borgan.

“N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatida ko‘chada bir odamni temir buyum bilan urib kaltaklagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 18:23
 
71
0
xs.uz

Moskvadan Samarqandga uchgan yoʻlovchi samolyotda bomba borligini aytdi

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot yoʻlovchisi styuardessalarga uchoq bortida portlovchi modda borligini aytdi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov maʼlumot berdi.Bildirilishicha, joriy yilning 15-iyul kuni soat 03:15 da IIOlariga Domodedovo'Samarqand yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan 46 yoshli fuqaro М.А. (millati rus) mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga, 'samolyotda portlovchi modda bor', deb aytgani haqida xabar

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

27 Jul 13:05
 
115
0
xs.uz

Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.Hujjat bilan amaldagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

18 Jul 10:36
 
81
0
qalampir.uz

Yevroittifoq elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda TIV xabar berdi. Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Sharlott Adrianni qabul qildi. “Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian xonim bilan uchrashdik. Elchining yillar davomida O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan