Eron oldida qiyin yo‘l kutmoqda va uni hamkorlik va ishonchsiz yengib bo‘lmaydi. Bu haqda Eronda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyan X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Aziz Eron xalqi, saylovlar yakunlandi. Bu bizning birligimizning boshlanishi. Biz birlik va ishonchsiz yaqinlashib kelayotgan qiyin yo‘lni bosib o‘tolmaymiz. Men sizga qo‘l uzataman va sharafim bilan qasam ichamanki, men sizni yo‘lda yolg‘iz qoldirmayman”, deb yozgan Mas’ud Pezeshkiyan.
Eslatib o‘tamiz, Erondagi prezidentlik saylovlarida islohotchi sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Mas’ud Pezeshkiyan 53,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni tabriklab, maktub yo‘lladi.
Azizbek Eshmamatov