calendar 05 Jul 22:15
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Davlat byudjeti xalqniki emas degan mansabdorga hayfsan berildi

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev davlat xizmatchilarining faoliyati muhokama qilinishiga qarshi ekanini bildirgandi.Mazkur holat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach, Adliya vazirining o‘rinbosari Alisher Karimov  boshqarma boshlig‘ining faoliyati o‘rganilib, huquqiy baho berilishi aytgandi. Endilikda Salohiddin Nuriyevga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, matbuot anjumanining savol-javob qismida bloger davlat xizmatchilari o‘z xizmat faoliyati davomida ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmasligi bo‘yicha savol bergan. Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i ushbu savolga javob berishda “davlat xizmatchilarini ijtimoiy tarmoqda muhokama qilish noto‘g‘ri” degan fikrni keltirib o‘tgan. Shuningdek, savol-javob asnosida “xalq puli” va “davlat puli” kabi tushunchalar haqida fikrlarini aytgan.

Bunda Salohiddin Nuriyev “xalq puli” degan tushunchani qonunchilik termini nuqtai nazaridan bayon etganligini ta’kidladi. Bundan tashqari, qonunchilikda taqiqlanmagan bo‘lsa-da, “davlat xizmatchilarini muhokama qilish noto‘g‘ri” degan fikrni ham keltirib o‘tgani tasdiqlandi. 

Salohiddin Nuriyev o‘z tushuntirishida mazkur fikrni Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalaridan kelib chiqib bayon etganini bildirgan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i yuqoridagi fikrlarini jamoatchilikka yetkazishda qonunchilikka tayanmagani, asosli va tahliliy yondashmagani, ayrim o‘rinlarda shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib tushuntirish berganligi aniqlandi.

“Shu bilan birga viloyat Adliya boshqarmasi mazkur matbuot anjumanidagi videoparcha tarqab ketgandan keyin bayonot bermasdan, natijada jamoatchilik munosabatini o‘zgartirish, uni yumshatish choralarini ko‘rishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, matbuot anjumanini o‘tkazishda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalariga zid ravishda tadbir yetarli tayyorgarlik ko‘rilmasdan tashkil qilingan, reglament buzilgan, tadbir moderatsiya qilinmagan, uning to‘liq yozib olishning texnik choralari ko‘rilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyevga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi. Shuningdek, adliya tizimida bunday xatoliklar takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olingani ma’lum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:23
 
53
0
xs.uz

Noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsuloti fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax, Andijon va Namangan viloyat boʻlimlari tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan bir qator shaxslar ushlandi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.M.ning savdo doʻkoni va avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda sotish maqsadida noqo

26 Jul 10:20
 
40
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo

17 Jul 11:03
 
89
0
qalampir.uz

Bolani zanjirband qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

Joriy yilning mart oyida Samarqandda 13 yashar bola oyog‘idan kishanlangan holda Damas rusumli avtomashina ichidan topilgani, bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati maktab o‘qituvchisi tomonidan sodir etilgani xabar qilingandi.  Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Endilikda ish sudda ko‘rib chiqildi. Sud hukmi bilan bolani zanj