calendar 05 Jul 09:36
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“O‘zbekenergo, 200 kVt limitni bekor qilinglar” – o‘zbekistonliklar Instagram’da fleshmob uyushtirdi

image

O‘zbekistonliklar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida elektr toki uchun qo‘yilgan ijtimoiy normani bekor qilishni so‘rab fleshmob o‘tkazmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari “O‘zbekenergo, 200 kVtlik limitni bekor qilinglar” deb yozilgan postni o‘z storislarida ulashyapti. Ushbu fleshmobda qatnashganlar soni kun davomida 82 mingdan oshdi.

Facebook, X (Twitter) kabi tarmoqlarda ketayotgan bahs-munozaralarda odamlar ikki guruhga bo‘lindi. Kimdir ijtimoiy norma aholini tejamkorlikka undayotgani haqida gapirsa, kimdir elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoj 200 kVt dan yuqori ekani, kuz-qish mavsumida bu ehtiyoj yana-da oshishini gapiryapti.

“Elektr narxi shunday qolsa ham hech bo‘lmasa limit qo‘shib berish kerak. May oyida 414 900 so‘mlik elektr yoqibmiz, 5 kishi yashaymiz”, deb yozgan Facebook foydalanuvchisi. 

Ko‘pchilik limitni 500 kVtga oshirish kerak, degan talabni o‘rtaga qo‘ymoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov esa daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun elektr narxidagi 200 kVt normani qo‘llamaslikni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, may oyidan boshlab elektr energiyasi narxi oshirildi. Iste’molchilarning I, II va IV guruhlariga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz qoldi – 1 kVt/soat uchun 900 so‘m va 1000 so‘m. Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun quyidagicha tariflar amal qiladi:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;
  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘mdan etib belgilandi.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatгача – 1 350 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilandi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu

31 Jan 15:20
 
17
0
xs.uz

Namanganda yana bir xalqaro festival oʻtkaziladi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Gullar shahri navbatdagi yirik tadbirga mezbonlik qiladigan boʻldi. Yangi yoʻnalishdagi anjuman ' I Xalqaro Namangan avtofestivali joriy yilning 22-fevralida tashkil etiladi. Viloyat hokimligining ushbu tashabbusi orqali yosh texnik va avto havaskorlarni qoʻllab-quvvatlash, avtomobil tyuningi sanoatini rivojlantirish, ixlosmandlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda avtoturizm sohasiga yangidan-yangi loyihalarni olib kirish maqsad qilingan.Tashkilotch

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid

31 Jan 15:21
 
20
0
xs.uz

Har bir hududda “Hunarmandlar sanoat markazi” tashkil etiladi

2025-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi 'Hunarmand' uyushmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida '2024-yil hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil rejalari' mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.Matbuot anjumanida 'Hunarmand' uyushmasi rahbar xodimlari, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi usta-hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar soni 9 b