calendar 04 Jul 22:43
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Tolibon” Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi ittifoqchisi – Putin

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Tolibon”ni Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi ittifoqchisi, deb ta’rifladi. Bu haqda u Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining 24-sammitidan so‘ng jurnalistlarga bergan bayonotida so‘z ochdi.

“Tasavvur qilib ko‘ring, “Tolibon” Afg‘onistonda mamlakatdagi hokimiyatni nazorat qiladi. Shu ma’noda u, albatta, terrorizmga qarshi kurashda bizning ittifoqchimizdir. Chunki har qanday hokimiyat o‘zlari boshqarayotgan davlatning barqarorligidan manfaatdor. Shu o‘rinda biz ham,” degan Putin.

Ma’lumot uchun, bundan 3-4 kun oldin Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Tolibon” terrorchi emas, balki pushtun diniy urf-odatlarining targ‘ibotchilari ekanini aytgandi. Shuningdek, maxsus vakil “Tolibon” joriy qilgan ayrim cheklovlar aslo terrorizm va diniy ekstremizm taqiqlari sifatida qabul qilinmasligi kerakligini, harakat asosini pushtun rahbarlari tashkil etishi va ular o‘z sinfining diniy urf-odatlarini joriy etish uchun intilayotganini qo‘shimcha qilgandi. 

Kabulov xorijiy hukumatlarning “Tolibon” ichki ishlariga aralashuvini ham qoralagan. Harakat yuqori salohiyatga egaligi va mamlakatni idora qila olishini ta’kidlagan. Shu o‘rinda aytish kerakki, harakat Oliy sud qarori bilan 2003 yilning mart oyidan beri  Rossiyada terrorchi deb tan olingan. Kreml esa uni bu ro‘yxatdan chiqarish rejalashtirilayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat nega “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarayotganini tushuntirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladiJo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

20 Jul 09:28
 
65
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Afg‘onistonda madrasa qurmoqda

Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan madrasa qurilmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati oliy ta’lim vazirligi xabar berdi. Afg‘onistonning Qobul shahrida mamlakat oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S