calendar 03 Jul 14:16
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxoroda aliment to‘lashdan 11 yil qochib yurgan ota buvisining uyidan topildi

image

Buxoroda aliment to‘lashdan 11 yil qochib yurgan ota buvisining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining qarzdor J.A. dan undiruvchi G.R. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida hujjati bo‘lib, unda aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lov qilinishi belgilangan. Ammo qarzdor yashash uyidan chiqib ketib, to‘lovlarni vaqtida to‘lamaganligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Bildirilishicha, qarzdor 11 yil Rossiya Federatsiyasida bo‘lib, qaytib kelgach, G‘ijduvon tumanida buvisining yashash xonadonida yashirinib yurgan. Boshqarmaning qidiruv shu’basi tomonidan olib borilgan tadbirda qarzdor topilib, tegishli chora ko‘rish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan.

“Qarzdor otaning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzi qayta hisob-kitob qilinganda joriy yilning iyun holatiga ko‘ra 130,6 mln so‘mni tashkil qilgan. Hozirda, qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib yurgan ota tungi klubdan topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Toshkentda aksiz markasiz alkogol mahsulotlari savdodan olindi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi savdo do'konidan O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi 'N.G.' MChJ savdo do'koni sotuvchisi R.Q. xaridorga O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan 2 dona viski va 2 quti tamaki mahsulotini jami 2,9 mln so'mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savd

26 Jul 10:20
 
32
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

26 Jul 15:15
 
57
0
xs.uz

Fargʻonada tailandlik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi

Tailand qirolligi tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari departamenti direktori Psusist Vongsuravat boshchiligidagi Tailand delegatsiyasida tibbiyot, turizm, savdo, transport va logistika, energetika sohalarida faoliyat olib borayotgan 7 ta yirik kompaniyaning 20 ga yaqin vakillari bor.' Ayni paytda viloyatda Tailand investitsiyasi ishtirokida 4 ta korxona tashkil etilgan, ' deydi Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Azimjon Yulda

03 Sep 21:35
 
8
0
xs.uz

Nogironlikni belgilash osonlashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 1-sentyabridan nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'maʼlum qildi.Qonunchilikka koʻra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning yangicha tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib orqali bir qator qulaylikl