calendar 03 Jul 13:41
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentning ayrim ko‘chalarini suv bosdi (video)

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosdi. Mazkur holat bo‘yicha “Toshkent shahar suv ta’minoti” munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanidagi Moyqo‘rg‘on va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida d1200mm katta suv o‘tkazgich tarmoqda nosozlik vujudga kelgan. Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1, 2, 3, 4, 5, 6 tor ko‘chalari, G‘ishtqo‘rg‘on ko‘chalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

“Shu bilan birga, ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv vaqtinchalik bo‘lmaydi. Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 15:02
 
50
0
xs.uz

“Qamchiq dovoni”da 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Bugun, 27-iyul kuni soat 05:00 larda 'Qamchiq dovoni' hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 247-kilometrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Manbaga koʻra, haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan А.К. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sababli oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 'Isuzu' hamda 'Howo' rusumli yuk avtomobillari bilan toʻqnashgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoni

22 Jul 13:14
 
67
0
qalampir.uz

Bolaning yuziga tarsaki urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik yuzasidan sodir qilgan xatti-harakatlari uchun Ma

17 Jul 11:37
 
120
0
qalampir.uz

Andijonda salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan sex aniqlandi

Andijon shahrida alyuminiy mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “B.S.Z.” MCHJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyuminiy mahsulotini qayta ishlash

27 Jul 11:39
 
88
0
xs.uz

Oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlarini tanlash boshlandi

'Abituriyentlar taʼlim yoʻnalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani toʻgʻrisidagi yakuniy tanlov natijalari taʼlim yoʻnalishlarini tanlash toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi', deyiladi xabarda.