Kecha, 2 iyul kuni Germaniya mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining nimchorak final bahslari yakunlandi. Mazkur bosqichni Ruminiya-Niderlandiya va Avstriya-Turkiya o‘rtasidagi uchrashuvlar tugatib berdi.
Ruminiya-Niderlandiya bahsida gollandlar to‘liq ustunlikni o‘z tomoniga olib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Kodi Gakpo va Doniyell Mallen mualliflik qildi. Mallen 83 va 90+3 daqiqalarda gol urib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Avstriya-Turkiya bahsida turklar a’zosi Merih Demiral katta sahnaga chiqdi. Demiralning 1 va 59-daqiqada kiritgan gollari turkiyaliklarga chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi. Avstriyadan yagona javob to‘piga 66-daqiqada Mixayel Grigorich mualliflik qildi.
Shunday qilib, Yevropa chempionatida nimchorak final bahslari o‘z poyoniga yetdi. Angliya, Portugaliya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Turkiya, Shveysariya va Fransiya terma jamoalari turnirdagi yurishini davom ettiradi.