calendar 01 Jul 15:20
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada ikki nafar o‘zbekistonlik cho‘kib ketdi

image

Rossiyaning Irkutsk viloyatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi. Bu haqda “TK Gorod” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 29 iyun kuni Chunskiy tumanida joylashgan Oktyabrskiy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Chuna daryosida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib halok bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 20 va 21 yoshli  shaxs qirg‘oqda cho‘milayotgan bo‘lgan, shundan so‘ng ulardan biri cho‘kib keta boshlagan, ikkinchisi esa uni qutqarishga uringan. Oqibatda fuqarolarning ikkisi ham suvga g‘arq bo‘lgan.

“O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari hozircha topilmagan. Qidiruv ishlarida qutqaruvchilarga ko‘ngillilar yordam bermoqda. Erkaklar cho‘kib ketgan joyda daryoning chuqurligi 5,7 metrni tashkil etadi, suzish taqiqlanadi. Qirg‘oqda tegishli belgi o‘rnatilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada kuchli bo‘ron sababli dengizda cho‘kib ketgan 20 yoshli ayolning jasadi uch kundan so‘ng topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
26
0
xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni

16 Apr 15:12
 
63
0
xs.uz

Issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi

Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun re

12 Apr 21:14
 
36
0
xs.uz

“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi

Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.'Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali 'Leapmotor' mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz' deyiladi izohda.Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va test

17 May 21:46
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala