calendar 28 Jun 11:58
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH va Isroil Ukrainaga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda – FT

image

AQSH, Isroil va Ukraina bir nechta Patriot havo mudofaa tizimini Kiyevga topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “The Financial Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina 8 tagacha havo mudofaa tizimini qabul qilishi mumkin – Isroil juda ko‘p tizimlarni hisobdan chiqarishni rejalashtirgan, chunki ularning xizmat qilish muddati 30 yildan oshgan. Ishdan chiqarilgan tizimlarni yangilariga almashtirish rejalashtirilgan edi, biroq hozircha ular foydalanishdan chiqarilmagan. Gazeta buni Isroilning Livandagi “Hizbulloh” bilan ziddiyat keng ko‘lamli urushga aylanib ketishidan qo‘rqishi bilan izohlaydi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Patriot majmualarini Ukrainaga topshirish bo‘yicha muzokaralar vazirlar va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar darajasida olib borilmoqda. Yakuniy kelishuvga hali erishilgani yo‘q. Gazetaning uch nafar suhbatdoshiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda bu masalani AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan, shuningdek, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak bilan muhokama qilgan.

“Agar kelishuvga erishilsa, Isroil katta ehtimol bilan tizimlarni AQSHga, keyin esa Ukrainaga yuboradi”, deb yozadi gazeta. 

Shu bilan birga, manbalar Isroil foydalanishdan chiqarilgan tizimlarning faqat bir qismini topshirishi mumkinligini tan oladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
23
0
xs.uz

Qaytib kelganimda, qizim meni taniy olmadi yoxud Isroil qamoqxonasidan qaytgan falastinlik jurnalist ayol hikoyasi

Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida ozod etilgan 90 nafar falastinliklar orasida jurnalist Rula Hassanein ham boʻlgan. U Isroil qamoqxonasidagi holatlarni soʻzlab bergan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar bermoqda.Maʼlum boʻlishicha, jurnalist 2024-yilning mart oyida Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harbiy tajovuzlari haqida yozgan postlari uchun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan.'Meni hibsga olishganda 9 oylik qizim bor edi. Ular meni qizimdan

27 Jan 00:54
 
24
0
xs.uz

Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di

27 Jan 00:54
 
33
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

27 Jan 00:54
 
21
0
xs.uz

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga qoʻshin yuboradi

Donald Tramp AQSH-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi va Pentagonga u yerga qoʻshinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda 'The Washington Post' gazetasi AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmati hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salessesning aytishicha, birinchi toʻlqin bilan chegaraga kamida 1500 nafar quruqlik qoʻshinini jo