calendar 27 Jun 12:34
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Osiyo G‘arbga qaramligini tobora kamaytirmoqda – “Bloomberg”

image

Osiyo mamlakatlarining G‘arbga nisbatan qaramligi tobora kamayib bormoqda va o‘z iqtisodiy manfaatlarini Xitoy yoki Rossiya bilan bog‘lamoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr bunday teskari va yangi o‘zgarishlarga misol sifatida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning o‘z mamlakatining BRICS'ga qo‘shilish istagi haqidagi so‘nggi bayonotini keltiradi. Qayd etilishicha, ushbu tashkilot G‘arb yetakchiligidagi institutlar, jumladan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasiga muqobil bo‘lib, 1990 yillardagi Osiyo moliyaviy inqirozi davrida mintaqadagi ayrim mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan keskin choralari bilan mashhur bo‘lgan.

“Bloomberg” BRICS'ning kengayishi G7 davlatlariga qarshi og‘irlikni kuchaytirishini yozgan. Ta’kidlanishicha, ushbu guruh a’zolari xalqaro maydonda AQSH gegemonligiga qarshi turadi va a’zolar sonini ko‘paytirish orqali G7’ga yanada muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lumot uchun, BRICS guruhi 2006 yilda tashkil etilgan. 2011 yilda Janubiy Afrika Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat bo‘lgan ushbu guruhning dastlabki tarkibiga qo‘shilgan. Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya 2024 yil 1 yanvardan boshlab BRICS'ga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Joriy yil 6 iyun kuni Rossiyaning Xitoydagi elchisi Igor Morgulov dunyoning 30 ga yaqin davlati guruhga qo‘shilish istagini bildirganini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:38
 
20
0
xs.uz

Ilon Mask Trampdan intervyu oldi

Ilon Maskning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan X platformasidagi muhokamasi texnik muammolar bilan boshlandi. Mask Trampga, asosan, migratsiya va inflyatsiya kabi mavzularda savollar bergan. Ushbu suhbat 40 daqiqadan koʻproqqa choʻzildi. Milliarder nosozliklarni kiber-hujum bilan bogʻladi, biroq ekspertlardan biri BBCga bunday boʻlishi mumkin emasligini aytgan. Trampni qoʻllashini yana bir bor takrorlagan Ilon Mask siyosatdagi nufuzli shaxsga aylanib

18 Jul 16:58
 
80
0
qalampir.uz

Ursula fon der Lyayen YeIni mudofaa ittifoqiga aylantirmoqchi

Yevrokomissiya rahbari sifatida yana bir muddatga saylanmoqchi bo‘lgan Ursula fon der Lyayen o‘zining siyosiy dasturida Yevropa Ittifoqini mudofaa ittifoqiga aylantirishga va’da berdi. Bu haqda Lyayenning YeI tomonidan e’lon qilingan dasturida e’lon qilingan. “Keyingi besh yildagi ishimiz haqiqiy Yevropa mudofaa ittifoqini barpo etishga qaratiladi”, deyilgan dasturda. Uning qo‘shimcha qilishicha, ittifoqga a’zo davlatlar doktrina masalalarida ham, ularni joyla

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

26 Jul 21:49
 
153
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirining logistika masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi xabar berdi. “Rossiya Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi 2008-2022 yillarda Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dmitriy Bulgakovga nisbatan korrupsiya masalasiga oid jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda”, deydi Tergov qo