calendar 26 Jun 12:19
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilishda ayblangan o‘zbekistonlik 14 yilga qamaldi

image

Rossiyada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan o‘zbekistonlik erkak 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning avgust oyida Kaliningrad shahrining Shevchenko ko‘chasidagi uylardan birining yonida 59 yoshli erkak 11 yoshli qizchani ko‘rib, unga avtobus bekatiga yo‘l ko‘rsatish bahonasida uni mehmonxona tomonga olib borgan. Yo‘lda unga turli xil shahvoniy harakatlar qilishga uringan, so‘ng uning yuzidan tishlab, velosipediga o‘tirib, qochib qolgan.

Jinoyat sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jabrlanuvchining nochor holatidan foydalangan holda jinsiy tusdagi harakatlar qilishda ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bildirilishicha, sudlanuvchi jinoyatni sodir etishda o‘z aybini tan olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi plyajning birida o‘zbekistonlik erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi

25-yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi 'Amirsoy' kurort majmuasida Qirgʻiziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.Qirgʻiziston Prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlar

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar va talablarni tartibga soluvchi bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qaror orqali ichki ishlar, bojxona va harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlarini yanada shaffoflashtirish va takomillashtirish koʻzda tutilgan.Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bu organlarda ishlash istagini bi

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi