calendar 23 Jun 16:37
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda 16 yoshli o‘smir o‘zini tomdan tashlab, vafot etdi (video)

image

Andijonda 9-sinf o‘quvchisi o‘zini tomdan tashlab, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 03:30 larda Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.K. (o‘g‘il bola) Andijon shahar, “O‘zbegim” MFY, A.Musayev ko‘chasi, 23-raqamli ko‘p qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan M.K. ota-onasi vafot etganligi sababli, bobosi Sh.T.ning qaramog‘ida u bilan birga yashab kelgan.

“Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yosh qiz o‘zini 16 qavatli binoning tomidan tashlab, vafot etgandi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 20:09
 
87
0
xs.uz

Ispaniyaning nufuzli universiteti Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin

Ispaniyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan UNIVERSAE Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning UNIVERSAE universiteti institutsional aloqalar boʻyicha direktori Manuel Gazapo Lapayeze va mazkur oliy taʼlim muassasasining Madrid shahridagi boʻlinmasi direktori Said Xamed Vaxdat Axmadzoda bilan muzokara oʻtkazgan.Muzokara davomida Ispaniya vakillari UNIVERSAE faoliyatiga do

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Sharofat Noriyeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor boʻldi

Mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini yangi bosqichga koʻtarishda oʻzining vatanparvarlik, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib, koʻplab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, xususan, bogʻdorchilik, koʻchatchilik va gulchilik tarmoqlarini ilgʻor tajriba va innovatsion usullar asosida rivojlantirish, hududda tomorqachilikni keng targʻib qilish, ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish,

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta

19 Aug 07:03
 
18
0
xs.uz

Paxtachilik iqtisodiyotning erkin tarmogʻiga aylanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov bilan suhbat.Davr shiddatkor. Bugungi yangilanishlar aqlni shoshirib qoʻyyapti. Yurtimizda kechayotgan hayotiy islohotlar esa mamlakatni, odamlarni va yurt jamolini shunchalik oʻzgartirib yubordiki, ertaga emas, bugun yaxshi yashash kerak degan tamoyil tom maʼnoda oʻzini oqlay boshladi. Ammo tan olish kerak, globallashuv jarayoni, dunyodagi turli ziddiyatlar, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat yetishmovchiligi, cho