calendar 23 Jun 16:36
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Rossiya “Tolibon” masalasida aytganini qilishiga ishonyapti

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning “Tolibon” harakatini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishini uzoqqa cho‘zmay amalga oshiradi, degan fikrda. Bu haqda BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Roza Otunboyeva TASS muxbiri savoliga javob berar ekan, aytib o‘tdi. 

“Bu [bo‘ladi], bu yerda muhokama qilinadigan hech narsa bo‘lmaydi, juda tez orada farmonni [Rossiya Prezidenti] Putin imzolaydi va “Tolibon” ham xuddi shunday terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqariladi. Ma’lumki,  Qozog‘iston ham xuddi shunday qadam tashladi.  Bu ushbu mamlakatlarning siyosiy qarori,  biz buni shunchaki fakt sifatida qabul qilamiz”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi. Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa “Tolibon”ning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilishini izohlar ekan, Rossiya “Tolibon” harakatini tan olish masalasida Markaziy Osiyodagi hamkorlarining fikrini inobatga olishi va qaror birgalikda ishlab chiqilishini bildirdi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:31
 
87
0
qalampir.uz

Imron Xonning partiyasi yetakchisi ham hibsga olindi

Pokiston politsiyasi Adiala qamoqxonasida jazo o‘tayotgan sobiq bosh vazir Imron Xon tomonidan asos solingan “Adolat harakati” partiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Gohar Ali Xonni hibsga oldi. Bu haqda partiya vakiliga tayanib, “Reuters” xabar berdi. Muxolifat partiyasi rahbarining hibsga olinish sabablari hozircha aytilmagan. Avvalroq hukumat sobiq hukmron partiya faoliyatini taqiqlash, shuningdek, Xon va sobiq prezident Arif Alviga xiyonat, xususan, ularni

26 Jul 18:41
 
74
0
qalampir.uz

Rossiyalik deputatlar Putinni Olimpiya sulhiga chaqirdi

Rossiyalik deputatlar Parijdagi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulhga chaqirdi. Bu haqda ular kecha, 25 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi siyosiy rahbariyatiga ochiq xat yo‘lladi. Murojaatni 40 ga yaqin deputat imzolagan. Qayd etilishicha, deputatlar shaxsan Putinni “tinchlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik”ni namoyish etishga chaqirib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 8

26 Jul 10:21
 
47
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha

29 Jul 15:08
 
74
0
qalampir.uz

Qozog‘iston Rossiyadan bug‘doy importiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Qozog‘iston hukumati bug‘doy va nasldor chorva mollarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni 2024 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bunday qaror tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida qabul qilindi. Dastlab 2024 yil 12 aprelda kiritilgan taqiq olti oy davom etishi kerak edi. Biroq Rossiyaning chegaradosh viloyatlaridan bug‘doyni noqonuniy olib kirish va keyinchalik uni qayta eksport qilish xavfi davom