calendar 19 Jun 15:55
eye 110
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevropa chempionatida o‘ynagan eng keksa futbolchi nomi o‘zgardi

image

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe futbol bo‘yicha Yevropa chempionatlarida to‘p tepgan eng keksa futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

41 yoshli Pepe guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Chexiya termasi bilan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bungacha Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan eng keksa futbolchi vengriyalik darvozabon Gabor Kirali edi.

Pepe hozirda “Portu”da to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida  Turkiyaning “Beshiktosh”, Ispaniyaning “Real” klubi va Portugaliyaning “Maritimo” klublarida to‘p surgan. Pepe uch karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, ikki marta UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. “Real Madrid” tarkibida himoyachi uch karra Ispaniya chempionligiga, “Portu” tarkibida esa to‘rt karra Portugaliya chempionligiga sazovor bo‘lgan.

Hozirga kelib, Pepening terma jamoadagi o‘yinlari soni 138 taga yetdi. U terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionida va 2018/19 yilgi mavsum Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali

27 Jan 00:54
 
21
0
xs.uz

Rasman “Man Siti” klubi Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi. Futbolchi “Lans”ga xayrlashuv maktubini qoldirdi

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov rasman 'Manchester Siti' futbolchisiga aylandi. Tanishtiruv videosi klubning rasmiy sahifasida paydo boʻlgan.Shuningdek, 'shaharliklar' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ushbu transferini tasdiqladi.Transfer qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma yana bir yil uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilga qadar imzolangan. 20 yoshli himoyachimiz yangi klubi safida 45-raqamda toʻp suradi.Taxminlarga koʻra, Husano

27 Jan 00:54
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a

27 Jan 00:54
 
20
0
xs.uz

Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi

Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan 'Manchester Siti' va 'Chelsi' oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 'shaharliklar' safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda 'Manchester Siti' 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvva