calendar 18 Jun 17:03
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘iston trassasidagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

image

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan uchta avtomobil ishtirokidagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 51 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda “Aq Jayik” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 iyun kuni taxminan soat 6:30 da Atirau-Dossor trassasida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, KamAZ, PAZ va Daewoo Nexia avtomobillari to‘qnashgan. 1973 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik Nexia rusumli avtomashina haydovchisi zarbdan qattiq deformatsiyaga uchrab, voqea joyida vafot etgan.

“Voqea oqibatida yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketgan va daryoga ag‘darilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 5 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchragandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:33
 
48
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimi vazirlik vakolatini o‘z bo‘yniga oldimi?

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqini, ochilganiga 9 kun bo‘lgan, “Garden Catering Trade” korxonasi direktori Bozorov Iqboljon Habibullayevichga topshirdi. “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra, bog‘chalarga oz

26 Jul 18:20
 
74
0
qalampir.uz

Namanganda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyati Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 million so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 milliard 356 million so‘mlik tender savdolarida buyur

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boshlandi

Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi ulugʻ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga oʻzining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.'Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan

19 Jul 19:15
 
66
0
qalampir.uz

Bekobodda 1 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 1 mlrd 82 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4576 sonli qarori doirasida Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki tomonidan chorvachilik yo