calendar 18 Jun 09:33
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putinning Shimoliy Koreyaga borish kuni aniq bo‘ldi

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 18-19 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, KXDR raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan, Putin ikki kun davomida ushbu davlatda bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2023 yil sentyabrida Putinning taklifiga binoan Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Rossiya Federatsiyasi KXDR chegaralari yopilgan koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Shimoliy Koreya rahbari tashrif buyurgan birinchi davlat bo‘ldi. O‘shanda 10 sentyabr kuni Kim Chen In Pxenyandan Rossiyaga maxsus poyezdda yo‘l olgandi. 12 sentyabr kuni Rossiyaga kelgan Kim Chen In Tabiat vaziri Aleksandr Kozlov va Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan muzokara o‘tkazdi. 

13 sentyabrda Shimoliy Koreya yetakchisi Prezident Putin bilan “Vostochniy” kosmodromida uchrashdi. Ular qisqa suhbatdan so‘ng kosmodromdagi ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi. Keyin esa davlat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Kim Chen In sharafiga rasmiy tushlik uyushtirilgandi. 

Rossiyaning sharqiga tashrif buyurgan Kim Chen In endilikda Rossiya Prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifiga taklif qildi.

Shu bilan birga, Putin 19-20 iyun kunlari Vetnamga boradi. Rossiya va Vetnam o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
16
0
xs.uz

Germaniya Isroilning Gʻarbiy Sohildagi harakatlari oʻzining “boshiga yetishi” mumkinligidan ogohlantirdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Isroilni Gʻarbiy Sohilga harbiy hujum uyushtirmaslikka chaqirdi. Berbok isroillik hamkasbi bilan uchrashgach, bunday harakatlar Isroil xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi baʼzi Isroil vazirlarining Falastin maʼmuriyatini agʻdarish va Gʻarbiy Sohilda aholi punktlarini egallashga boʻlgan chaqiriqlaridan xavotir bildirdi. Berbok, shuningdek

03 Sep 21:35
 
19
0
xs.uz

Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi 'Hyundai' rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 naf

09 Oct 12:40
 
5
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

25 Sep 13:14
 
8
0
xs.uz

Shifokor kuzda immunitetni mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berdi

Agar kuzda immunitet past boʻlsa, D3 vitamini miqdorini tekshirish kerak. Bu haqda terapevt Andrey Kondraxin maʼlum qildi.Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, vitamin D3 tanqisligi boʻlgan odamlar oʻzlarini zaif va charchagan his qilishlari mumkin.Shuningdek, shifokor kuzda shamollash ehtimolini kamaytirish uchun ob-havoga qarab kiyinishni maslahat beradi. Uning soʻzlariga koʻra, bu faslda juda yengil kiyinish buyraklar bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.Kondraxin shuningdek, aga